» » Sirdaryoda ko‘p qavatli uylar qurilishda 1,5 mlrd so‘m budjet mablag‘ini talon-toroj qilganlar ustidan jinoyat ishi ochildi

Sirdaryoda ko‘p qavatli uylar qurilishda 1,5 mlrd so‘m budjet mablag‘ini talon-toroj qilganlar ustidan jinoyat ishi ochildi


Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanidagi ko‘p qavatli uy-joylarning qurilish-ta’mirlash ishlarida budjet mablag‘larini talon-taroj qilgan MChJ mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Bu haqda Bosh prokuratura “Daryo”ga xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Qishloq qurilish invest” MChJ IK Sirdaryo viloyati filiali va “S.S.” MChJ mansabdor shaxslari o‘zaro til biriktirib, Oqoltin tumani “Ko‘rkam diyor” mavzesida 1 ta ko‘p qavatli uy-joyning qurilganligi haqidagi hujjatlarga haqiqatda bajarilmagan 949 million so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlarini qo‘shib yozish orqali budjet mablag‘lari talon-toroj qilgan. Bu Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Oqoltin tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlar davomida aniqlangan.

Shuningdek, “Y.N” MChJ tomonidan ham mavzesidagi 1 ta ko‘p qavatli uy-joyning qurilganligi haqidagi hujjatlarga 586 million so‘mni qo‘shib yozgani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan “Qishloq qurilish invest” MChJ IK Sirdaryo viloyati filiali mansabdor shaxslari va jamiyat rahbarlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Toshkent shahrida muhtoj oilalar uchun yig‘ilgan mablag‘larning 95 million so‘mdan ortig‘i, Andijonda esa Shahrixonda kam ta’minlangan oilalarga ajratilgan 82 million so‘m mansabdorlar tomonidan talon-toroj qilingani aniqlangandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-08-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют