» » Yurgen Klopp Adidas bilan shartnoma imzoladi. “Liverpul”ning homiysi esa Nike

Yurgen Klopp Adidas bilan shartnoma imzoladi. “Liverpul”ning homiysi esa Nike


“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp o‘zining shaxsiy ekipirovkasiga ega bo‘ladi.

The Telegraph nashriga ko‘ra, germaniyalik mutaxassis Nike kompaniyasining asosiy raqobatchisi — Adidas bilan shartnoma imzolagan. Qayd etish joiz, Nike 2020/21-yilgi mavsumdan boshlab “Liverpul”ni liboslar bilan ta’minlaydi.

Manbada aytilishicha, murabbiylar orasida Kloppdan tashqari faqatgina Joze Mourinyoning brendlar bilan shaxsiy shartnomasi bor. “Tottenhem” ustozi ham Adidas liboslaridan foydalanadi.

Yaqin bir necha kun ichida nemis kompaniyasi va Kloppning hamkorlik qilishni boshlaganligi to‘g‘risida e’lon qilinishi kutilmoqda.

Hozircha shartnoma tafsilotlari oshkor qilinmagan.

Ma’lumot uchun, Klopp 2015-yildan beri “Liverpul”ga ustozlik qiladi. Shu yillar mobaynida u to‘rtta musobaqada: Chempionlar Ligasi, UEFA Superkubogi, klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati (barchasi 2018/19-yilgi mavsumda) va 2019/20-yilgi mavsumda Premyer Liga musobaqasida g‘olib chiqdi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-08-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют