» » Foto: Turkiyalik taniqli aktyorlar qanday uylarda yashaydi?

Foto: Turkiyalik taniqli aktyorlar qanday uylarda yashaydi?


So‘nggi yillarda kino olami bir qancha iste’dodli turk aktyorlari bilan boyidi. Ularning hayoti minglab, millionlab muxlislar tomonidan kuzatib boriladi. Ayniqsa, turk yulduzlari qayerda yashaydi, oddiy kvartirami yoki hashamatli saroylarda, degan savollar muxlislarni qiziqtiradi.

Burak O‘zchivit

Burak hozir 36 yoshda, u aktyorlikdan tashqari reklamalarda ham faol. U odatda shaxsiy hayoti haqida gapirmaslikka harakat qiladi. Shuningdek, uzoq vaqt mobaynida yashash joyini yashirishga ham urindi, lekin buning uddasidan chiqolmadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Burak rafiqasi Fahriye hamda o‘g‘li Karan bilan basseyni bor 4 qavatli uyda yashaydi. Afsuski, interyer haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. Shuningdek ularning Bodrum shahrida ham uylari bor.

Deniz Chakir

Aktrisani ko‘pchilik “Muhtasham yuz yil” seriali orqali yaxshi taniydi. Serialda o‘z iste’dodini namoyon qilgan aktrisa go‘zal hayotda yashashga loyiqligini ham isbotladi. Denizning uyi klassik tarzda jihozlangan.

Deniz Chakirning uyi quyidagilardan iborat:

Bularning barchasi birinchi qavatda. Ikkinchi qavatda esa quyidagilar joylashgan:

Mehmonxona yoqimli oq rangga bo‘yalgan. Shuningdek, bir nechta divanlar ham bor. Haqiqiy turk an’analariga asoslangan interyer.

Xalit Ergench

Mashhur Sulton Sulaymon haqida hamma hech bo‘lmaganda bir marotaba eshitgan. Aktyor hayotda murakkab yo‘lni bosib o‘tdi. Birinchi turmush o‘xshamagach, aktrisa Bergyuzar Korel bilan turmush qurdi. Hozirda ular ikki farzandning ota-onasi.

Mavzuga doir: Bir muhabbat tarixi: Xalit Ergench — Sulton Sulaymonning qalbini zabt etgan ayol kim?

Ayni damda yangi oila yashayotgan uyning maydoni 160 kvadrat metrni tashkil etadi.

Yulduzli juftlikning uyi quyidagicha tuzilgan:

Uy, albatta, chiroyli, lekin sultonga xos emas. Ammo Xalit aslo shikoyat qilmaydi, sababi u turli sharoitlarda yashab ko‘rgan. Aynan shu yerda o‘zini xotirjam his qilayotganini aytadi.

Bundan tashqari, juftlikning qishloqda villasi bor. Aslida juda qimmatga sotib olingan bo‘lsa-da, uy shunga arziydi. Uyning umumiy maydoni 200 kvadrat metrni tashkil qiladi.

Shuningdek, Xalit Gretsiyadan ham uy sotib olishni rejalashtirgan. Ammo bu ma’lumot tasdiqlanmagan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-08-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 107) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют