» » Kazemiro: “Beyl hozir yaxshi holatda emas”

Kazemiro: “Beyl hozir yaxshi holatda emas”


“Real” yarim himoyachisi Kazemiro jamoadoshi Garet Beyl haqida fikr bildirdi.

“Ba’zan har birimiz qiyin vaziyatlardan o‘tamiz. Beyl ishlashda davom etmoqda, u hozir faoliyatidagi eng yaxshi davr emasligini tushunib turibdi, lekin u ishlamoqda. Uni hamma qo‘llab-quvvatlayapti, biz, klub va murabbiy.

U biz uchun juda muhim o‘yinchi, chunki u istalgan vaqtda hayratga solishi mumkin va u buni ko‘p marta isbotlagan. O‘zining eng yaxshi darajasida Beyl dunyoning eng yaxshi 3 o‘yinchisi qatoriga kiradi, ammo hozir vaziyatga haqqoniy baho berib, uning yaxshi formada emasligini tan olishimiz kerak”, — deydi Kazemiro.

Garet Beyl 2013-yildan beri “qirollik klubi”da to‘p suradi. 2019/20-yilgi mavsumida uelslik futbolchi klub miqyosidagi barcha musobaqalarda 20 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi. Uning klub bilan shartnomasi 2022-yilning iyul oyida o‘z nihoyasiga yetadi.

Beyldan Manjukichga. Chempionlar Ligasida akrobatik usulda urilgan top-5 gol (video)

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-08-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют