» » UzAutoMotors avtomobillar narxlarini shakllantirishda ayrim xarajatlarni oshirib kiritganligi aniqlandi. Kompaniya buni tan olmadi

UzAutoMotors avtomobillar narxlarini shakllantirishda ayrim xarajatlarni oshirib kiritganligi aniqlandi. Kompaniya buni tan olmadi


Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan UzAutoMotors AJda avtomobillar tannarxi shakllanishi va narx qo‘llanilishi borasida o‘tkazilgan tekshiruv natijasida qonun buzilishi alomatlari aniqlandi. Bu haqda deputat Rasul Kusherbayev xabar berdi.

Uning ma’lum qilishicha, “Raqobat to‘g‘risida”gi qonuni va sohani tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi, shu jumladan, ishlab chiqarilayotgan yengil avtomobillar tannarxi shakllanishi va narx qo‘llanilishi asosliligi yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruv natijasida qo‘zg‘atilgan ish UzAutoMotors AJ vakillari ishtirokida videokonferens rejimida ko‘rib chiqildi.

Tekshirish jarayonida bir necha qonun buzilishi alomatlari aniqlangan. Xususan, UzAutoMotors AJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan yengil avtomobillarning amaldagi narxlarini shakllantirishda ayrim xarajatlarni oshirib kiritganligi sababli monopol yuqori narx qo‘llanilishi alomatlari aniqlangan. Rasul Kusherbayevning bildirishicha, bunda:

Shuningdek, yengil avtomobillarni iste’molchilarga realizatsiya qilishda ayrim dilerlarga boshqalariga nisbatan afzal holatga qo‘yadigan imtiyoz va yengilliklarni berish, yangi tashkil etilayotgan dilerlar bilan shartnoma tuzishda shartnoma predmetiga taalluqli bo‘lmagan shartlarni qo‘yish kabi holatlarni sodir etish alomatlari aniqlangan. Bu qisqa muddatda sotilgan avtomobillarning aksariyat qismi kam sonli ayrim dilerlar orqali sotilishiga sabab bo‘lgan.

Bundan tashqari, UzAuto Motors AJ yangi tashkil etilayotgan dilerlik markazlari bilan tuziladigan dilerlik shartnomasiga 10 milliard so‘m miqdorida oldindan to‘lov o‘tkazish shartini kiritgan bo‘lib, biroq shu kunga qadar amalda ishlab turgan dilerlik markazlari bilan tuzilgan shartnomalarda bunday shartlar mavjud emas. Bu o‘z o‘rnida yangi ishtirokchilarning bozorga kirib kelishida sun’iy to‘siq paydo qilgan.

“Yana bir qiziq holat shundaki, maxsus aksiyaga tushgan avtomobillarni muddatli to‘lov asosida sotishni UzAuto Motors AJ o‘zi ta’sischiligidagi ‘Avtosanoat Invest’ MChJ orqali amalga oshirish tizimini shakllantirgan. Bunda boshqa dilerlar to‘g‘ridan to‘g‘ri bu ishni amalga oshira olishmay, sun’iy to‘siq qo‘yilgan.

Bu holatlar atroflicha muhokama etildi. UzAuto Motors AJ bu vajlarni tan olmay, qo‘shimcha hujjatlar bilan tanishib chiqib, ish mazmuniga taalluqli materiallarni taqdim etishini bildirib o‘tdi. Shu sababli ishni ko‘rishni yaqin kunlarda davom ettirishga qaror qilindi”, — deb yozadi deputat.

Eslatib o‘tamiz, UzAuto Motors 9-mart kuni o‘zi ishlab chiqarayotgan (yig‘ayotgan) yengil avtomobillar narxini model va modifikatsiyaga qarab 3 foizdan 21 foizgacha oshirgan edi. Narxlarning bu qadar keskin oshishi xalq orasida keskin noroziliklarni keltirib chiqargan. Hatto Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi UzAutoMotors’ning avtomashinalar narxini oshirganini keskin qoralab chiqqan. Shavkat Mirziyoyev ham avtomobillar narxi oshirilganini tanqid qilib, avvalo xalqning sotib oluvchanlik qobiliyatini mustahkamlash kerakligini ta’kidlagandi.

Avvalroq Kusherbayev UzAuto Motors’ning tez yordam xizmati uchun Damas’larni ham oshirilgan narxda sotayotganini tanqid qilgan, “O‘zavtosanoat” uning tanqidiga javob qaytargan, deputat esa “siz baribir monopol va nomard ishtirokchi sifatida qolaverasiz”, deb javob bergandi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining qarorlari yuzasidan faqatgina Oliy sudga shikoyat qilish mumkin bo‘ladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-08-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 87) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют