» » “Paxtakor”ning yangi rahbariyati Babayanning yordamchisini 20 kundayoq iste’foga chiqargani aytildi

“Paxtakor”ning yangi rahbariyati Babayanning yordamchisini 20 kundayoq iste’foga chiqargani aytildi


Toshkentning “Paxtakor” klubi Ravshan Haydarovni iste’foga chiqardi, deb ma’lumot berdi “Championat.asia” nashri. Biroq bu haqda “Paxtakor” matbuot xizmati hozircha jim.

Ravshan Haydarov 6-aprel kuni bosh murabbiylik postini Grigoriy Kolosovskiydan qabul qilib olgandi. Oradan 20 kun o‘tib o‘z o‘rnini bo‘shatishga majbur bo‘ldi.

Qayd etilishicha, Haydarovning oldiga “Sho‘rtan” (0:3) va “Lokomotiv” (1:2) bilan o‘yinlarda maksimal ochko ishlash talabiga qo‘yilganiga qaramay, “Paxtakor” har ikki o‘yinda ham imkoniyatni boy berdi. Bu esa iste’foga asosiy sabab bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Ravshan Haydarov O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayanning yordamchisi hisoblanadi. Bugun — 26-aprel kuni ertalab “Paxtakor” matbuot xizmati klub rahbariyati o‘zgargani haqida ma’lumot bergandi.

Alisher Usmonovdan Shodiyevgacha. “Paxtakor”ning 17 kunlik arosati haqida

Опубликовано: admin (26-04-2017, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 59) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют