» » “Avto 60 oy” MChJ mansabdorlariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha sud ishi boshlandi

“Avto 60 oy” MChJ mansabdorlariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha sud ishi boshlandi


Qisqa vaqt ichida 19,3 ming nafar fuqarolarning jami 54,3 milliard so‘m miqdordagi pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganlikda ayblanayotgan “Avto 60 oy” MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan sud ishi boshlandi. Bu haqda “Kun.uz” xabar bermoqda.

Qayd etilishicha ish yuzasidan sud tergovi harakatlari jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudi tomonidan sudya Dilmurod Valiyev raisligida olib borilmoqda. Jamiyat mansabdor shaxslari soxta tadbirkorlik, pul mablag‘larini noqonuniy jalb etish, firibgarlik va boshqa jinoyatlarda ayblanmoqda.

Jabrlanuvchilar sonining ko‘pligini inobatga olib, ish tafsilotlaridan xabardor qilib borish maqsadida JIB Chilonzor tuman sudi tomonidan maxsus @jibChilonzorsudi Telegram kanali tashkil qilingan bo‘lib, jinoyat ishining barcha jabrlanuvchilaridan mazkur Telegram kanalga obuna bo‘lish so‘ralgan.

Toshkent shahrida yashovchi jabrlanuvchilardan 6-avgustdan boshlab, haftaning dushanba kunidan shanba kuniga qadar soat 10:00 dan 17:00 gacha Chilonzor tumani, Sharq tongi ko‘chasi, 1-A uyda joylashgan (Mo‘ljal: Xlebushkina nomidagi bolalar uyi) tuman sudi binosiga kelishlari so‘ralgan.

Tergov materiallariga ko‘ra, “Avto 60 oy” MChJ vakillari fuqarolarga UzAuto Motors avtomobillarini dastlabki to‘lov va foizlarsiz bo‘lib to‘lashga sotib olishni taklif qilib, 19,3 ming mijoz bilan shartnoma tuzib, ularning 54,3 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘larini jalb qilgan. Yetkazilgan moddiy zararning 36,8 milliard so‘mi tergov davomida qoplangan.

Mavzuga doir: “Avto 60 oy” bilan bog‘liq jinoyat ishining yangi tafsilotlari ma’lum qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-08-2020, 18:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 81) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют