» » Dehqonobodlik ayol Zoir Mirzayevga videomurojaat qilib, uni hech kim eshitmayotganini aytgandi. Dehqonobod hokimligi esa murojaatchi mas’ullar e’tiborida ekanini ma’lum qildi

Dehqonobodlik ayol Zoir Mirzayevga videomurojaat qilib, uni hech kim eshitmayotganini aytgandi. Dehqonobod hokimligi esa murojaatchi mas’ullar e’tiborida ekanini ma’lum qildi


Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida yashovchi Paxta Vasilova viloyat hokimi Zoir Mirzayevga videomurojaat qilib, yashash sharoiti og‘irligini aytgan va tuman hokimligi, mahalla mas’ullari biror marta ham holidan xabar olmasligidan shikoyat qilgan. Dehqonobod hokimi Zoir Aliqulov mazkur holatni o‘rganganda murojaatchi ayol doimiy e’tiborda ekanligi ma’lum bo‘lgan.

Dehqonobod hokimi Zoir Aliqulov 2020-yil 3-avgust kuni ayol xonadonida bo‘lgan. Bu haqda xabar bergan tuman hokimligi axborot xizmati hokim murojaatchi xonadonida ilgari ham bir necha marotaba bo‘lganini yozgan. Hokim ayol xonadonida bo‘lib, oilaning shart-sharoitini o‘rgangan. Murojaatda aytilgan muammolarga quloq tutgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Paxta Vasilova yashovchi xonadonda sakkiz kishi istiqomat qiladi. Fuqaro yashovchi uy uning jiyani Asqar Abdumurodovga tegishli bo‘lib, ayol ushbu uyda 1992-yilda tug‘ilgan nogiron qizi M.Doniyorovani parvarishlab keladi. Fuqaroning birinchi guruh nogironi sifatida ro‘yxatga olingan qizi doimiy ravishda nogironlik nafaqasi bilan ta’minlangan.

“Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Mehri Yo‘ldoshevaning ma’lumot berishicha, fuqaroga 2018-yil aprel—may oylarida, shuningdek, Xotira va qadrlash kuni va 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan ham oziq-ovqat mahsulotlari berilgan. 2018-yil 2-dekabr kuni Nogironlar kuni munosabati bilan fuqaro M.Doniyorovaga tuman hokimligi tomonidan homiylik sovg‘asi berilgan”, — deyiladi hokimlik tarqatgan rasmiy munosabatda.

Qo‘shimcha qilinishicha, fuqaro Paxta Vasilovaning oilasiga 2019-yil oktabr oyida Dehqonobod kaliy zavodi tomonidan bir necha marotaba oziq-ovqat mahsulotlari, uy-ro‘zg‘or, maishiy texnika (televizor, elektr pech)lar sovg‘a qilingan. Hayit bayramida tadbirkor Abdushukur Doniyev tomonidan bir qop un va oziq-ovqat mahsulotlari berilgan.

“MFY raisining ma’lumot berishicha, fuqaro Paxta Vasilovada marhum turmush o‘rtog‘idan meros qolgan 60 bosh qo‘y, 2 bosh qoramol va ‘Aerodrom’ MFY binosi oldida qurilgan bir xonali savdo do‘koni (hozir boshqa fuqaroga sotilgan) mavjud bo‘lsa-da, nogiron farzandi M.Doniyorovani ro‘kach qilgan holda mas’ul tashkilotlarga murojaat qilib keladi”, — deyiladi hokimlik munosabatida.

Ta’kidlanishicha, murojaatimni hech kim tinglamayapti, degan ayolning hech bir murojaati hokimlik va mas’ul tashkilotlar e’tiboridan chetda qolmagan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-08-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 63) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют