» » Britaniyada tovushdan tez uchadigan yo‘lovchi samolyot dizayni taqdim etildi

Britaniyada tovushdan tez uchadigan yo‘lovchi samolyot dizayni taqdim etildi


Virgin Galactic kompaniyasi tovushdan tez uchadigan yo‘lovchi samolyoti konseptining dizaynini taqdim etdi, deb xabar beradi Sky News.

Britaniyalik milliarder Richard Brensonga tegishli Virgin Galactic yangi ixtirosining tashqi ko‘rinishini namoyish etdi. Samolyot tovushdan uch barobar tezroq — soatiga 3700 kilometr tezlikda harakatlana olishi mumkin.

Bu kabi tezlik Londonda Sidneygacha bo‘lgan masofani 5 soatga bosib o‘tishga yordam beradi. Odatda buning uchun bir sutka vaqt ketadi. Shuningdek, mazkur samolyot Londondan Nyu-Yorkka ikki soatdan kamroq vaqt ichida yetib bora oladi.

Virgin Galactic 18,3 ming metr balandlikda uchib, bir vaqtning o‘zida 9-19 nafar yo‘lovchini tashishi mumkin.

Samolyot dizaynini yaratishda Virgin Galactic’ka Rolls-Royce kompaniyasi yordam bermoqda. Shuningdek, kompaniya samolyot uchun dvigatellar yaratish bilan ham shug‘ullanadi.

2018-yilda Boeing kompaniyasi, 2019-yilda esa NASA tovushdan tez samolyotlarni yaratayotgani to‘g‘risida xabarlar berilgandi.

Mavzuga doir: Tovushdan tez. 1-noyabr – afsonaviy Tu-144 yoxud “Konkordski” samolyoti ilk qatnovni amalga oshirgan kun



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-08-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют