» » YChL. “Real” “Manchester Siti”ga qarshi o‘yin uchun kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi

YChL. “Real” “Manchester Siti”ga qarshi o‘yin uchun kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi


Madridning “Real” jamoasi Yevropa Chempionlar Ligasining 1/8 final javob bahsida “Manchester Siti” maydoniga safar qiladi.

O‘yin Toshkent vaqti bilan 7-avgustdan 8-avgustga o‘tar kechasi 00:00 da boshlanadi.

Madrid klubi ustozi Zinedin Zidan ushbu bahsda maydonga tushishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Uchrashuvni o‘tgan bahsda qizil kartochka olgan Serxio Ramos o‘tkazib yuboradi. Xames Rodriges va Garet Beyl kabi futbolchilar qaydnomaga kiritilmagan.

O‘yin qaydnomasiga kiritilgan 24 nafar futbolchi bilan tanishing:

Darvozabonlar: Tibo Kurtua, Alfons Areolya, Diyego Altube.

Himoyachilar: Dani Karvaxal, Eder Militao, Serxio Ramos*, Rafael Varan, Nacho, Marselo, Ferlan Mendi, Xavi Ernandes.

Yarim himoyachilar: Toni Kroos, Luka Modrich, Kazemiro, Federiko Valverde, Isko.

Hujumchilar: Eden Azar, Karim Benzema, Lukas Vaskes, Luka Yovich, Marko Asensio, Braim Dias, Vinisius Junior, Rodrigo Goes.

*Serxio Ramos qaydnomaga kiritilgan bo‘lsada diskvalifikatsiya sabab o‘yinda qatnashmaydi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur jamoalarning Madriddagi o‘yinida “Manchester Siti” 2:1 hisobida g‘alaba qozongan.

Beyldan Manjukichgacha. Chempionlar Ligasida “qaychi” usulida urilgan 5 ta gol (video)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-08-2020, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют