» » Bayrutdagi portlashlardan keyin port ishchilarining ayrimlari hibsga olindi

Bayrutdagi portlashlardan keyin port ishchilarining ayrimlari hibsga olindi


Livan hukumati Bayrutdagi portda ammiak selitrasini saqlashga aloqador xodimlarning ayrimlari tergov davomida uy qamog‘iga joylashtirilganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Associated Press. Eslatib o‘tamiz, 4-avgust kuni Livandagi portda bir nechta kuchli portlashlar yuz bergandi.

Agentlik xabariga ko‘ra ishchilarni qamoqqa olish yuzasidan tegishli qaror hukumatning hodisa bo‘yicha o‘tkazgan favqulodda yig‘ilishida chiqarilgan va unda portlashlar port xodimlarining ishga sovuqqonlik bilan munosabatda bo‘lgani tufayli sodir bo‘lgani qayd etilgan.

Al-Jazira telekanalining ma’lum qilishicha, Livan ichki ishlar vaziri Muhammad Fahmiy portlashlar yuzasidan tergov jarayoni ochiq tarzda o‘tishi va besh kun davom etishini bildirgan. Shuningdek, u bu borada xalqaro tergov o‘tkazish yuzasidan takliflarni ham inkor qilgan.

Livan hukumati Bayrut hududida ikki haftalik favqulodda holat tartibini joriy qilgan.

Bir nechta kuchli portlash Bayrut shahridagi port hududida sodir bo‘lgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra ushbu hodisalar oqibatida 100 nafardan ortiq odam halok bo‘lgan va 4 ming nafarga yaqin kishi jarohat olgan. Portlash zarbining kuchi Kiprda ham sezilgani aytilmoqda.

Portlash to‘lqini oqibatida shahar hududida joylashgan binolarning yarmiga zarar yetgan, ko‘plab binolar vayron bo‘lgan, oynalar va eshiklar singan. 300 mingga yaqin kishi uysiz qolgan, portlashdan ko‘rilgan zarar miqdori kamida 3 milliard AQSh dollariga teng deb baholanmoqda.

Livan hukumati Bayrutdagi portda kuzatilgan ushbu hodisalarga olti yil avval bojxona xizmati tomonidan musodara qilingan va omborda saqlangan 2750 tonna ammiak selitrasi sabab bo‘lganini aytmoqda.

Livandagi AQSh elchixonasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra portlashlar oqibatida zaharli moddalar atmosferaga ko‘tarilgan bo‘lishi mumkin.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 5-avgust kuni Bayrut bandargohidagi portlash sabab Livan prezidentiga hamdardlik bildirgan. Bayrutda vafot etganlar xotirasi uchun butun Livanda motam e’lon qilingan. Shahar gubernatori Marvon Abbud yuz bergan voqeani Ikkinchi Jahon urushi vaqtida Xirosima va Nagasakida yuz bergan atom bombasi portlashlariga tenglashtirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-08-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 46) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют