» » Yevropa Ligasi. “Manchester Yunayted” va “Inter” chorak finalga yo‘l oldi

Yevropa Ligasi. “Manchester Yunayted” va “Inter” chorak finalga yo‘l oldi


Futbol bo‘yicha Yevropa Ligasi musobaqasining 1/8 finalidan o‘rin olgan bir qator bahslar 5-avgust, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“Manchester Yunayted” 1/8 finalning javob bahsida LASKni qabul qildi. Uchrashuvning 55-daqiqasida Filipp Vizinger uzoq masofadan aniq zarba yo‘llab mezbonlar darvozasini ishg‘ol qildi. Biroq mankunianlar oradan ikki daqiqa o‘tib Jessi Lingardning goli bilan javob qaytardi. 88-daqiqada Antoni Marsyal “Yunayted”ga g‘alaba keltirgan gol muallifiga aylandi.

Shu tariqa ingliz klubi ikki o‘yin natijasiga ko‘ra keyingi bosqichga yo‘l oldi. Mazkur jamoalarning dastlabki o‘yini Ole-Gunnar Sulsher shogirdlarining 5:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugagan edi.

Yana bir o‘yin “Inter” va “Xetafe” jamoalari o‘rtasida kechdi. Unda milanliklar Romelu Lukaku va Kristian Eriksenning gollari evaziga g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Ta’kidlashi joiz mazkur jamoalar o‘rtasidagi 1/8 finalning ilk uchrashuvi o‘tkazilmay qolgandi. Shu sabab UEFA masala bir o‘yinda hal bo‘lishini belgilagandi.

“Shaxtyor” javob bahsida ham “Volfsburg”ni taslim etdi va chorak final yo‘llanmasiga ega chiqdi. “Kopengagen” esa Turkiya chempioni “Istanbul Bashakshehir”ni musobaqadan chiqarib yubordi.

Chorak finalda “Manchester Yunayted” “Kopengagen” bilan o‘ynaydi, “Inter” esa “Bayer” — “Reynjers” uchrashuvi g‘olibi bilan kuch sinashadi.

Yevropa Ligasi

1/8 final bahslari

5-avgust, chorshanba

Gollar: 1:0 – 33 Lukaku, 2:0 – 83 Eriksen.

“Inter”: Handanovich, D`Ambrozio (Biragi, 84), Bastoni, de Vrey, Yang, Galyardini, Brozovich (Eriksen, 82), Barella, Godin, Lukaku, Martines (Sanches, 70).

“Xetafe”: Soriya, Kukurelya, Echeyta, Suares, Nom (Jeyson, 69), Arambarri (Duro, 89), Timor, Olivera (Portilyo, 88), Maksimovich (Anxel Rodriges, 56), Jene, Mata (Molina, 69).

Ogohlantirish: Suares (90).

Gollar: 0:1 – 55 Vizinger, 1:1 – 57 Lingard, 2:1 – 88 Marsyal.

“Manchester Yunayted”: Romero, Bayi, Fosu-Mensa (Menji, 84), Maguayr, Uilyams (Chong, 72), Lingard (Pogba, 63), Jeyms (Marsyal, 84), Fred (Pereyra, 64), Mata, Maktomini, Igalo.

LASK: Shlager, Andrade (Filipovich, 80), Trauner, Vizinger (Zabitser, 73), Ranftl, Holland, Mixorl, Balich (Rayter, 66), Renner, Frizer, Raguj.

Ogohlantirishlar: Mixorl (34), Maktominay (39).

Ilk o‘yin: 5:0

Gollar: 1:0 – 89 Morayes, 2:0 – 90 Solomon, 3:0 – 90 Morayes.

Ilk o‘yin: 2:1

Gollar: 1:0 – 4 Vind, 2:0 – 53, penalti Vind, 3:0 – 62 Falk.

Ilk o‘yin: 0:1

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-08-2020, 02:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 19) ( 0) ( 18) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют