UzReport 26-aprel kuni tunda “Barselona” va “Real” ishtirokidagi o‘yinlarni ko‘rsatadi
Ispaniya La ligasi o‘yinlarini O‘zbekiston hududida namoyish etish huquqini qo‘lga kiritgan UzReport telekanali bugun — 26-aprel kuni ikki uchrashuvni ko‘rsatadi.
Toshkent vaqti bilan 22:30 da “Barselona”ning “Osasuna”ga qarshi o‘yini start oladi. 00:30 da esa “Real” “Deportivo” maydoniga chiqib keladi.
Ma’lumot uchun, Madridning “Atletiko” klubi mazkur turda “Vilyarreal”ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Ispanich La ligasi
34-tur o‘yinlari
25-aprel, seshanba
Gollar: Viktor Rodriges, 39 (1:0). Xerard, 55 (1:1).
Gollar: Sandro Ramires, 48 (0:1). Sandro Ramires, 90+2 (0:2).
Gol: Roberto Soriano, 82 (0:1).
26-aprel, chorshanba
“Barselona” — “Osasuna” — 22:30
“Valensiya” — “Real Sosyedad” — 23:30
“Leganes” — “Las-Palmas” — 23:30
“Deportivo” — “Real Madrid” — 00:30