» » Zelenskiy Lukashenkodan “Vagner” guruhining hibsga olingan vakillarini Ukrainaga berishni so‘radi

Zelenskiy Lukashenkodan “Vagner” guruhining hibsga olingan vakillarini Ukrainaga berishni so‘radi


Ukraina prezidenti Valdimir Zelenskiy Belarus davlat rahbari Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali qilgan suhbatida “Vagner” terrorchilik guruhining a’zosi bo‘lgan 33 rossiyalik jangari masalasini muhokama qildi. Bu haqda Meduza xabar qilgan.

“Ukraina hududida terrorchilik faoliyatini olib borgan gumonlanuvchilar, jinoiy javobgarlikka tortilishi uchun xalqaro-huquqiy hujjatlar doirasida mamlakat ixtiyoriga topshirilishiga umid qilaman”, — degan Zelenskiy hamkasbi bilan suhbatda.

Belarus prezidentining matbuot xizmati Aleksandr Lukashenkoning mamlakat huquq-tartibot organlari ushbu masalada Rossiya hamda Ukraina o‘rtasida imzolangan kelishuvlar doirasida hamkorlikka tayyorligini bildirganini ma’lum qilgan.

Belarusda “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasining jangarilari hibsga olinganidan keyin, hukumat Ukrainadan ularning ushbu mamlakat hududidagi jinoyatlarga aloqador yoki aloqador emasligini tekshirishni so‘ragan. Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi ham qo‘lga olingan rossiyaliklarni Kiyev ixtiyoriga topshirish yuzasidan murojaat qilgan.

Belarusda “Vagner” harbiy guruhi a’zolari qo‘lga olinganidan so‘ng yozuvchi Zaxar Prilepin ular orasida Donetsk xalq respublikasi batalyonining sobiq vakillari borligini ma’lum qilgan. “Novaya gazeta” qo‘lga tushganlarning uch nafari Donbassdagi, yetti nafari Suriyadagi jangovar harakatlarda ishtirok etgani haqida yozgan. Shuningdek, jangarilarning 10 nafari Ukraina fuqaroligiga ega kishilar ekani xususida ham xabarlar mavjud.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-08-2020, 06:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют