» » Qashqadaryoda “Kamaz” haydovchisi qishloq hududidagi ichki yo‘lda 7 yoshli qizchani urib yubordi. Qizaloq voqea joyida halok bo‘lgan

Qashqadaryoda “Kamaz” haydovchisi qishloq hududidagi ichki yo‘lda 7 yoshli qizchani urib yubordi. Qizaloq voqea joyida halok bo‘lgan


Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 7 yoshli qizaloq hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Tergov departamenti xabar qilgan.

Xabarga ko‘ra, 2020-yilning 5-avgust kuni soat 09:00 larda fuqaro 19 yoshli S.S. boshqaruvidaga “Kamaz” Kitob tumani “Qaynar” MFY Qong qishlog‘i hududidagi ichki yo‘lda 7 yoshli piyoda Sh.A.ni urib yuborgan.

YTH oqibatida voyaga yetmagan Sh.A. ismli qiz voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan Kitob tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoiy ish yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avval Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida “DAF XF 105” rusumli yuk avtomashinasi va Orlando to‘qnashuvi tufayli yengil mashina haydovchisi M.M. va yo‘lovchi T.J. voqea joyida vafot etgani,  Qarshi shahrida Сobalt haydovchisi velosiped boshqarib ketayotgan 30 yoshli ayolni urib yuborgani, jabrlanuvchi voqea joyida halok bo‘lgani, Mirishkor tumani Pomuq shaharchasida dahshatli yo‘l-transport hodisasi oqibatida 14 yoshli I.D. ismli qiz voqea joyida vafot etgani, uning 3 yoshli o‘g‘il bola jiyani og‘ir tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgani va u yerda hayotdan ko‘z yumgani haqida xabarlar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-08-2020, 08:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют