» » Braziliyada hindular namoyish o‘tkazib, politsiyachilarga qarata kamondan o‘q uzdi

Braziliyada hindular namoyish o‘tkazib, politsiyachilarga qarata kamondan o‘q uzdi


Braziliyadagi bir nechta hindular qabilasi yerlarni demarkatsiya (chegarani belgilash) borasidagi qonun loyihasiga qarshi namoyish o‘tkazdi, chunki ushbu loyiha tufayli mamlakatning tub xalqi ota-bobolaridan yashagan hududlardan ayrilib qolishi mumkin. Bu haqda Euronews’ga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Qabila sardorlari prezident Mishel Temerni Amazonkadagi yer uchastkalarini ulkan korporatsiyalarga topshirib yuborishga harakat qilishda ayblamoqda.

Ikki mingga yaqin odam Braziliya parlamenti binosi yoniga yig‘ilib, yaqin atrofdagi transportlar harakatini to‘sib qo‘ygan. Politsiya namoyishchilarni quvish uchun shovqinli granatalar, rezina o‘qlar va ko‘zni yoshlantiruvchi gazlardan foydalandi. Hindular javob tariqasida huquq-tartibot xodimlariga qarata kamondan bir nechta o‘q uzdi.

Politsiya hindularni Kongress oldidagi maydondan quvib chiqara olmadi. Ba’zi namoyishchilar chodirlar qurib olib, bu yerda bir hafta davomida qolishga tayyor ekanliklarini bildirgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-04-2017, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют