» » Romelu Lukaku Yevropa Ligasida Alan Shirerning rekordini takrorladi

Romelu Lukaku Yevropa Ligasida Alan Shirerning rekordini takrorladi


“Inter” hujumchisi Romelu Lukaku Yevropa Ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan bahsda “Xetafe” darvozasiga gol urdi (2:0).

Belgiyalik futbolchi musobaqaning ketma-ket 8 o‘yinidan buyon gol urib kelmoqda. Lukaku 2019/20-yilgi mavsum “Inter” safidagi uchta o‘yinda maydonni golsiz tark etmagan bo‘lsa, 2014/15-yilgi mavsumda “Everton” safida ketma-ket beshta o‘yinda golli seriya qayd etgandi.

Shu tariqa Romelu angliyalik sobiq hujumchi Alan Shirer tomonidan 2005-yilda o‘rnatilgan rekordni takrorladi. U vaqtda musobaqa UEFA Kubogi deb atalardi.

27 yoshli futbolchi A Seriya 2019/20-yilgi mavsumida 36 ta o‘yinda ishtirok etib, 23 ta golga muallif bo‘ldi va uch bor assist vazifasini bajardi.

Mavzuga doir: Romelu Lukaku shaxsiy rekordini yangiladi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-08-2020, 08:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют