» » Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkentdagi saralash va taqsimlash markazlaridagi bo‘sh o‘rinlar haqida ma’lumot berdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkentdagi saralash va taqsimlash markazlaridagi bo‘sh o‘rinlar haqida ma’lumot berdi


Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘zida koronavirusning har qanday alomatini sezgan fuqarolar saralash va taqsimlash markazlariga murojaat qilishlari mumkinligini ma’lum qildi.

Toshkentda koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan yoki kasallangan bemorlarga tezkorlik bilan malakali tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Toshkent shahar hokimligi tomonidan 4 ta saralash va taqsimlash markazlari tashkil qilingan.

Ular:

Ta’kidlanishicha, bu yerda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarga sifatli yordam ko‘rsatish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

O‘zida COVID-19 alomatlarini sezgan yoki bu kasallikka chalingan fuqarolar ushbu maskanlarga uch yo‘l bilan, ya’ni :

Ushbu markazlarga murojaat qilgan har bir bemorga shifokorlar tomonidan malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Bordi-yu, kasallik yengil, alomatlarsiz kechayotgan bo‘lsa, bunday bemorlarga kerakli dori vositalari va tavsiyalar berilib, ular uyda davolashga o‘tkazilmoqda.

Saralash va taqsimlash markazlarida jami 3084 ta o‘rin tashkil qilingan. Ushbu markazlar o‘z faoliyatini boshlanganidan buyon 3777 nafar bemor murojaat qilgan bo‘lib, shundan 2688 nafari yotqizilgan, 1336 nafari esa sog‘ayib, uylariga yuborilgan.

Hozirda COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni saralash va taqsimlash markazlarida 1843 ta bo‘sh o‘rin mavjud.

Ushbu markazlarga joylashish bilan bog‘liq savollar bo‘lsa, Sog‘liqni saqlash vazirligining 1003 qisqa raqamli Call-markaziga murojaat qilish mumkin.

Avvalroq Zangiota sanatoriysi koronavirusga chalingan bemorlarni davolash kompleksiga aylantirilgani, Urganch shahrida koronavirus yuqtirib olgan bemorlarni davolash uchun 708 o‘rinli maxsus markazlar tashkil etilgani haqida xabar berilgan edi. Bundan tashqari, Uchtepa tumanida joylashgan Atlas mebel markazida koronavirusga qarshi kurash doirasida navbatdagi taqsimlash markazi tashkil etilayotgani xabar qilingan edi.

Mavzuga doir: Toshkentda tashkil qilingan COVID-19 bemorlarini taqsimlash markazlari kuch tuzilmalariga biriktirildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-08-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 89) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют