» » “Spartak” bosh murabbiyi Oston O‘runov haqida: “Yaxshi o‘yinchiga har doim joy topiladi”

“Spartak” bosh murabbiyi Oston O‘runov haqida: “Yaxshi o‘yinchiga har doim joy topiladi”


Moskvaning “Spartak” klubi bosh murabbiyi Domeniko Tedesko jamoaning yangi yarim himoyachisi Oston O‘runov haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Yosh futbolchi bilan shartnoma tuzganimiz, muhim masala. Hozir bizga uni o‘rganish uchun, u esa jamoani o‘rganishi uchun vaqt kerak. So‘nggi uch hafta u shug‘ullanmagan — unda koronavirus kuzatilgandi, shu sabab Oston seshanba kunida jamoa safiga qo‘shildi. Hozir bizning vazifamiz uni avaylash va himoya qilish. Unga vaqt berish kerak. Yaxshi o‘yinchilar bir nechta pozitsiyada o‘ynay oladi, O‘runov — yaxshi o‘yinchi.

Juda iqtidorli va yosh, u bizning uslubda “sakkizinchi raqam” pozitsiyasida, ikkinchi hujumchi rolida, qanot himoyasida, tayanch yarim himoyasida yoki markaziy himoyada o‘ynashi mumkin — u kuchli. Hozirda uni qaysi pozitsiyada o‘ynatishni bilmayman, ammo yaxshi o‘yinchiga har doim joy topiladi”, — deydi Tedesko.

Mavzuga doir:

Oston “Ufa”dan “Spartak” safiga borib qo‘shildi. Avvalroq moskvaliklar uning transferi uchun 2 million yevro sarflashi, Ostonning maoshi esa yiliga 600 ming yevro bo‘lishi haqida xabar qilingandi.

Oston O‘runov faoliyatidagi yorqin dribling va chiroyli gollar (video)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-08-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют