» » Video: Uyiga qaytishni orzu qilayotgan Samarada joylashgan lagerdagi o‘zbekistonlik muhojirlar

Video: Uyiga qaytishni orzu qilayotgan Samarada joylashgan lagerdagi o‘zbekistonlik muhojirlar


Mash nashri tomonidan suratga olingan “Dashtdagi migrantlarning ulkan lageri ichra” videoreportaji 5-avgust kuni YouTube’dagi e’lon qilindi. Videoda Samara viloyatidagi dashtlikda, Rossiya—Qozog‘iston chegarasi yaqinidagi shosseda joylashgan lager, shox-shabbalardan qo‘lbola qilib qurilgan chaylalar, Qozog‘iston orqali poyezdda vataniga qaytishini kutib karton qutilar va sellofanlar yordamida isinayotgan o‘zbekistonlik muhojirlar — erkaklar, ayollar va bolalar tasvirlangan.

Videoda o‘nlab odamlar 25 kundan buyon ochiq osmon ostida hech qanday maishiy sharoitlarsiz yotganliklarini so‘zlab bergan. Oziq-ovqat va suv bilan yaqin atrofda joylashgan Bolshechernigov masjidiga kelganlar yordam bermoqda. Biroq odamlarning ayrimlari tezkor tibbiy xizmatga muhtoj va barcha uyiga qaytishini kutmoqda.

Reportajda ta’kidlashicha, shosse bo‘yida yaxshi sharoitlarga ega lager ham mavjud: mustahkam palatkalari, hojatxonalari bor — u Bolshechernigov tumani ma’muriyati tomonidan qurilgan. U yerda tibbiyot xodimlari ham bo‘lib, lagerdagi ba’zi fuqarolarga yordam ko‘rsatgan. Biroq ko‘plab muhojirlar sharoiti yaxshi lagerga borishni istamayapti, chunki bu ularning chegarada qolib ketishlari va uyga qaytish muddatlarining yana surilishiga olib kelishi mumkin.

Shuningdek, muhojirlar O‘zbekistonga ketadigan poyezdlar chiptasining savdosi va joylarning taqsimlanishidagi korrupsiya haqida so‘zlab bergan. Lagerda har kuni aholining ro‘yxati tuzilgan va shu bo‘yicha odamlar vataniga qaytarilishi kerak bo‘lgan. Ro‘yxatga yozilganlarni avtobuslarga o‘tqizib, Samara vokzaliga olib borishgan. Biroq poyezdga boshqalar chiqqan — standart narxdan ko‘proq pul to‘laganlar — ro‘yxatdagilar esa yana qaytarib dashtga olib kelingan.

Videodagi insonlarning aytishicha, dastlab chipta narxi 4500 rubl bo‘lgan, keyin 9500 rublga chiqqan, chiptalar kim ko‘proq pul to‘lasa o‘shanga sotilgan. Ular fuqarolarning jo‘natilishi, chiptalar va joylar bilan kim shug‘ullanishidan bexabar. Muhojirlarning so‘zlariga ko‘ra, lagerdan vokzalga ketayotganlar avtobuslarga o‘tqizilgan, raqamlar berilgan — avtobus va o‘rindiq raqami, biroq yana qaytarib ortga tashlab ketishgan. Barcha yo‘lovchisi ketishi kerak bo‘lgan avtobusdan lagerda 6 kishi, boshqasidan esa — salkam 80 foizi qolib ketgan. Ularning o‘rniga lagerda yashamagan odamlar jo‘natib yuborilgan.

Shuningdek, muhojirlarning ta’kidlashicha, bloger yoki jurnalistlardan biri kelib atrofdagi bo‘m-bo‘sh hududni videoga olgan va lager bo‘shab yotibdi, barcha ketib bo‘ldi deb yozgan.

Avvalroq Rossiyaning Samara viloyatida qolib ketgan qariyb 500 nafar o‘zbekistonlik ortga qaytish uchun Qozog‘iston chegarasini kesib o‘tishga uringani to‘g‘risida xabar berilgandi. Keyinroq Orenburg viloyati rasmiylari O‘zbekiston fuqarolari 6-avgust kuni chegarani kesib o‘tishlari mumkinligi to‘g‘risida ma’lum qilgan.

Mavzuga doir: Biydek dalada: o‘zbekistonlik minglab migrantlar Rossiya—Qozog‘iston chegarasida qolib ketayotgani haqida

Ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston fuqarolari Qozog‘istonning koronavirus pandemiyasi tufayli davlat chegaralarini yopgani oqibatida vatanga qayta olmayapti. Iyul o‘rtalarida chegara yaqinidagi chodirlarda minglab o‘zbekistonliklarning qolib ketgani haqida xabarlar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-08-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют