» » Xorijdagi o‘zbekistonliklarni evakuatsiya qilish bo‘yicha charter reyslar jadvaliga o‘zgartirish kiritildi

Xorijdagi o‘zbekistonliklarni evakuatsiya qilish bo‘yicha charter reyslar jadvaliga o‘zgartirish kiritildi


Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini olib kelish uchun 2-avgustdan 16-avgust kunlari davomida amalga oshirilishi belgilangan charter reyslarining jadvaliga qisman o‘zgartirish kiritildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Xususan, 5-avgust kuni Qohira–Toshkent–Qohira yo‘nalishida amalga oshirilishi belgilangan parvoz 16-avgust kuni bajariladi. Shuningdek, 7—8-avgust Toshkent–Pekin–Toshkent yo‘nalishidagi reys esa 13—14-avgust kunlari amalga oshiriladi.

Avvalroq Rossiya, Ukraina va Misrda tahsil oluvchi o‘zbekistonlik talabalar avgustning birinchi 10 kunligida vatanga qaytarilishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Ukrainadagi o‘zbekistonliklar Kiyev—Xarkov—Toshkent—Kiyev charter reysida olib kelinadi

Eslatib o‘tamiz, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi Alisher Qodirov xorijdan o‘zbekistonliklarni olib kelishni to‘xtatib, ularni turgan mamlakatlarida davolashni moliyalashtirish kerakligini taklif qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-08-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 44) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют