» » Samaradan 1000 ga yaqin o‘zbekistonlik poyezd orqali uylariga qaytariladi

Samaradan 1000 ga yaqin o‘zbekistonlik poyezd orqali uylariga qaytariladi


Samara viloyatining Bolshechernigov tumanida to‘plangan 1000 ga yaqin O‘zbekiston fuqarolari o‘z hisobidan 7-avgust kuni ertalab ular uchun tashkil etilgan poyezdda uylariga qaytishga tayyor, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Butunrossiya o‘zbeklar va o‘zbekistonliklar kengashining Samaradagi bo‘limi rahbari Dilyara Sabirovaning “RIA Novosti”ga ma’lum qilishicha, barcha fuqarolar vatanga qaytish o‘zlarining hisobidan amalga oshirilishi to‘g‘risida ogohlantirilgan. “Chipta narxi 10 ming rublni tashkil qiladi. Odamlar qaytish uchun oldindan pul to‘lashga tayyor”, — deydi agentlik suhbatdoshi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Bolshechernigov tumanida vaziyat tinch va osoyishta.

Poyezd haqidagi ma’lumot qisman “O‘zbekiston temiryo‘llari” kompaniyasi tomonidan tasdiqlangan. Temiryo‘l xizmati vakilining so‘zlariga ko‘ra, o‘zbekistonliklar haqiqatan ham Rossiyadan qaytariladi, ammo sana va boshqa tafsilotlarni keyinroq e’lon qilish rejalashtirilgan.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya—Qozog‘iston chegarasida muhojirlar va huquq-tartibot idoralari xodimlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar haqidagi videolavhalar va ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi. Telegram-kanalda joylangan videoda olomon odamlar qo‘llarida metall qalqonli kamuflyaj kiygan odamlarning to‘sig‘idan o‘tishga harakat qilmoqda. Orqa planda “Samara viloyati” yozuvi bor.

Koronavirus sababli Rossiya—Qozog‘iston chegarasi orqali uyga qaytishga umid qilayotgan O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolari uchun palatkali lager tashkil etilgan, u yerda 300 ga yaqin muhojir istiqomat qiladi, ular barcha zarur narsalar bilan ta’minlanmoqda. Biroq 500 ga yaqin kishi Bolshechernigov tumani va Orenburg viloyatining Pervomay tumani chegarasidagi federal magistral yaqinidagi dalada bo‘lishni afzal ko‘rishgan.

Ikkinchi hududda favqulodda holat rejimi va karantin joriy etilgan, mintaqalar chegarasida nazorat punkti tashkil etilgan. Dushanba kuni ertalab muhojirlar undan o‘tishga uringanlar. Natijada, ma’lumotlarga ko‘ra, to‘qnashuvni qo‘zg‘atgan uchta shaxsga nisbatan ma’muriy ishlar qo‘zg‘atilgan.

Uyga qaytishni istagan O‘zbekiston fuqarolari muntazam ravishda Rossiya—Qozog‘iston chegarasiga kelib yig‘ilishgan. Chegara hududlaridagi “to‘qnashuvlar” uch marta — may o‘rtalarida va oxirida, shuningdek iyul oyining boshlarida qayd etildi. Barcha holatlarda fuqarolar Qozog‘iston hududi orqali uylariga qaytishga muvaffaq bo‘lgan. Birinchi holda, avtobuslarda 1100 kishi, ikkinchi holatda — 367 kishi qaytgan. Uchinchi marotaba, iyul oyi o‘rtalarida Rossiyaning chegaraoldi hududlaridan Toshkentga uchta poyezdda 2000 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari qaytarildi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-08-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют