» » Roy Jons: “Mayk Taysonga qarshi haqiqiy jangga tayyor bo‘lishim kerak”

Roy Jons: “Mayk Taysonga qarshi haqiqiy jangga tayyor bo‘lishim kerak”


Boks bo‘yicha to‘rt vazn toifasida sobiq Jahon chempioni Roy Jons Mayk Taysonga qarshi bo‘ladigan jangi oldidan o‘z taxminlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Komissiya Taysonni ringga kirgan vaqtidan boshlab nazorat qila olmaydi.

Men haqiqiy jangda bo‘lgani kabi o‘zimni himoya qilishim kerak. Agar Mayk ringga chiqib, menga qarata kuchli zarbalar bersa, nima qilaman? Komissiya vakillariga qaraymanmi?

Albatta, yo‘q. Men o‘zimni himoya qilishim va javob qaytarishim kerak. Maykning har qanday harakatiga tayyor bo‘lishim lozim. Men tom ma’nodagi haqiqiy jangga tayyor bo‘lishim kerak”, — deydi Roy Jons.

Eslatib o‘tamiz, 54 yoshli Tayson va 51 yoshli Jons o‘rtasidagi ko‘rgazmali jang 12-sentabr kuni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadi. Bellashuv 8 raunddan iborat bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Roy Jons professional boksda 75 ta jang o‘tkazib, 66 g‘alabaga (47 tasi nokaut) erishgan va to‘qqiz bor mag‘lub bo‘lgan.

Mayk Tayson esa professional boksda 58 ta jang o‘tkazib, ularning 50 tasida g‘alaba qozongan. 44 ta jangda raqiblarini nokautga uchratgan. Oltita jangda mag‘lub bo‘lgan. Ikkita jangi esa hisoblanmagan.

Roy Jons va Richard Holl ishtirokidagi qoyilmaqom jangni tomosha qiling (video)

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-08-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют