» » Moliya vazirligi ikki kun ichida O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashayotganlarga qancha mablag‘ to‘lab berilganini ma’lum qildi

Moliya vazirligi ikki kun ichida O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashayotganlarga qancha mablag‘ to‘lab berilganini ma’lum qildi


Respublika bo‘yicha koronavirusga qarshi kurash tadbirlari uchun 2020-yilning 4-avgustiga qadar jami 1 trillion 303 milliard so‘m mablag‘lar xarajat qilingan bo‘lib, jumladan, koronavirusga qarshi kurash tadbirlariga jalb qilingan tibbiyot xodimlariga 3—4-avgust kunlari 15 milliard 763 million so‘m mablag‘ to‘lab berilgan. Bu haqda Moliya vazirligi hisobotida ma’lum qilindi.

Ma’lum qilinishicha, 4-avgust kuni Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasidan koronovirusga qarshi kurashish tadbirlariga jalb etilgan 927 nafari tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga 7 millard so‘m qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovlari to‘langan.

Shuningdek, 502 nafar xodimning oylik lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qo‘shimcha to‘lov sifatida 711 million so‘m to‘langan. Shundan 139 nafar shifokorga – 276 million so‘m, 216 nafar o‘rta tibbiyot xodimga – 287 million so‘m, 112 nafar kichik tibbiyot xodimga – 121 million so‘m, 35 nafar boshqa xodimlarga – 27 million so‘m berilgan.

4-avgust kuni 378 nafar xodimga 14 kunlik faoliyat davri uchun maxsus qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovi sifatida 6,3 milliard so‘m to‘langan. Jumladan, 89 nafar shifokorga – 2,5 milliard so‘m, 147 nafar o‘rta tibbiyot xodimga – 2,5 milliard so‘m, 107 nafar kichik tibbiyot xodimga – 1,2 milliard so‘m va 35 nafar boshqa xodimlarga – 163 million so‘m berilgan.

3-avgust kuni esa ayni maqsadlar uchun 1585 nafar tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarning 8,7 milliard so‘m qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovlari to‘langan.

Shu jumladan:

– oylik lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qo‘shimcha to‘lovlari 952 nafar xodimga 1,6 milliard so‘m, xususan, 450 nafar shifokorga – 893 million so‘m, 327 nafar o‘rta tibbiyot xodimga – 407 million so‘m, 98 nafar kichik tibbiyot xodimga – 137 million so‘m va 77 nafar boshqa xodimlarga – 129 million so‘m;

– 14 kunlik faoliyat davri uchun maxsus qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovlari bo‘yicha 593 nafar xodimga 7,1 milliard so‘m, shundan: 119 nafar shifokorga – 2,4 milliard so‘m, 263 nafar o‘rta tibbiyot xodimiga – 3,1 milliard so‘m, 170 nafar kichik tibbiyot xodimga – 1,5 milliard so‘m va 41 nafar boshqa xodimlarga – 160 million so‘m to‘lab berilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan zararlangan bemorlar bilan muloqotga kirishadigan, zararlangan bemorlar joylashtirilgan obyektlarda hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalarida faoliyat olib borayotgan tibbiyot xodimlariga har 14 kunlik faoliyat davri uchun maxsus qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovi belgilangan. Shuningdek, bemorlar bilan ishlash davomida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga 100 million so‘mdan to‘lanadi.

Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish doirasida bemorlar bilan ishlagan vaqtida koronavirus infeksiyasini yuqtirish natijasida og‘ir ahvolga tushgan va sog‘lig‘i tiklanmagan taqdirda tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga yoki ularning oila a’zolariga esa 250 million so‘m miqdorida bir martalik to‘lovlar to‘lanadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-08-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют