» » Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi

Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi


Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i Botir Isabekov boshqa ishga o‘tkazilgani munosabati bilan lavozimidan ozod etildi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

Botir Isabekov poytaxt Sog‘liqni saqlash boshqarmasini 2019-yil iyundan buyon boshqarib kelayotgan edi. Bunga qadar u Uchtepa tumani tibbiyot birlashmasi bosh shifokor o‘rinbosari, poytaxt Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi qoshidagi tibbiy ko‘riklar DUK direktori va shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, 30-iyul kuni Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida statsionar sharoitda rejali davolash muolajalarini olayotgani, bemorning ahvoli qoniqarli ekani haqida xabar berilgandi. Sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini vaqtincha bajarish bosh vazirning ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Behzod Musayev zimmasiga yuklangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-08-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют