» » Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududlari qanday o‘zgaradi?

Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududlari qanday o‘zgaradi?


Sergeli, Chilonzor va Uchtepa tumanlarining bir qismi, shuningdek, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Ulug‘bek posyolkasi Toshkent viloyati hududiga qo‘shiladi. Bu haqda O‘zbekiston qurilish vaziri Botir Zokirov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Sergeli tumanining Toshkent halqa avtomobil yo‘li bo‘yidagi 37 gektari, sanoat zonalar joylashgan hududlar poytaxtdan tashqarida joylashgan. Ushbu hududlarni Toshkent viloyatiga qo‘shish rejalashtirilmoqda.

Chilonzor va Sergeli tumanlarining umumiy 135 gektari Toshkent viloyatiga o‘tadi.

Bundan tashqari, Uchtepa tumanining Toshkent halqa avtomobil yo‘lining chap qismida joylashgan 453 gektari Toshkent viloyatining Zangiota tumaniga beriladi.

“Bularning barchasi poytaxt va viloyat o‘rtasidagi chegarani aniq belgilab olish uchun amalga oshirilmoqda”, — deydi Botir Zokirov.

Shuningdek, efirda Prezident Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumani tarkibiga kiruvchi Ulug‘bek posyolkasining 385 gektarini Toshkent viloyatiga o‘tkazish borasidagi taklifni ma’qullagani ma’lum qilindi. Posyolka Qibray tumanining ma’muriy markaziga aylanishi kutilmoqda.

“Davyergeodezkadastr” raisi Halilullo To‘raxo‘jayevning ma’lum qilishicha, Prezident qo‘shni tumanlar va Toshkent viloyatining hududlarini o‘zgartirish masalasini ko‘targan. Ma’lum qilinishicha, bu yerda jami 19 ta anklav hududlar mavjud.

Masalan, 62 gektarni Qibray tumanidan Bo‘stonliq tumaniga hamda yana 55 gektarni Yuqori Chirchiq tumaniga o‘tkazish ma’qullangan. Bo‘stonliq tumanining 257 gektari Chirchiq shahriga o‘tkaziladi.

Bundan tashqari, Angren shahrining 1094 gektari Parkent tumaniga va yana 140 gektari Ohangaron tumaniga beriladi. Shu bilan birga, Parkent tumani Bo‘stonliq tumanidan 493 gektar hududni oladi.

Piskent tumanidan 287 gektar Bo‘ka tumaniga, Bo‘ka tumanidan esa 8 gektar hudud Oqqo‘rg‘on tumaniga beriladi.

Rejaga ko‘ra, Yangiyo‘l tumanining 196 gektari Yangiyo‘l shahri hududiga aylanadi. Yangiyo‘l va Zangiota tumanlari orasidagi chegaradagi 296 gektar hudud temiryo‘l chegaralarini belgilash orqali optimallashtiriladi.

5-avgust kuni Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri va Toshkent viloyatining o‘zaro chegaradosh bo‘lgan tumanlari hududlarini o‘zgartirish bo‘yicha tayyorlangan loyihalar taqdimoti bilan tanishgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Ta’kidlanishicha, aholiga qulaylik yaratish maqsadida shahardan Toshkent viloyatiga 1010 gektar, viloyatdan poytaxtga 10 196 gektar yer maydoni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ishchi guruh tomonidan Sergeli tumanidan 1752 gektar, Bektemirdan 267 gektar, Zangiotadan qariyb 328, Quyi Chirchiqdan salkam 129, Yangiyo‘ldan 263, O‘rta Chirchiqdan 1346 gektar ajratib, Yangi hayot tumanini jami 4085 gektarda tashkil etish bo‘yicha taklif ishlab chiqilgan.

Mavzuga doir: Toshkent viloyatidan poytaxtga o‘tkazilayotgan hududlar haqida batafsil ma’lumot berildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-08-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют