» » Villian “Chelsi”dan ketadigan bo‘ldi, ammo Londondan emas

Villian “Chelsi”dan ketadigan bo‘ldi, ammo Londondan emas


“Chelsi” yarim himoyachisi Villian erkin agent sifatida klubni tark etadi.

ESPN xabariga ko‘ra, braziliyalik futbolchi Londonning boshqa klubi — “Arsenal”ga o‘tadi. U “to‘pchilar” bilan 3 yillik shartnomaga imzo chekadi. Villian yangi jamoasi safida haftasiga 100 ming funt sterling maosh oladi. Transfer haqida avgust oyi so‘ngiga qadar rasmiy e’lon beriladi.

Villian “Chelsi” safida 2013-yil yozidan beri harakat qilib keladi. U bu vaqt davomida klub bilan ikki bor Angliya chempioni bo‘ldi va bir marta mamlakat kubogiga ega chiqdi.

Futbolchi Angliya Premyer Ligasining 2019/20-yilgi mavsumida 36 ta o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol urdi va xuddi shuncha golli uzatmani amalga oshirdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-08-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют