» » APL 2020/21-yilgi mavsumida 5 o‘yinchi almashtirish qoidasi ishlamaydi. Ko‘plab klublar bunga qarshi chiqqan

APL 2020/21-yilgi mavsumida 5 o‘yinchi almashtirish qoidasi ishlamaydi. Ko‘plab klublar bunga qarshi chiqqan


Angliya Premyer Ligasi klublari 6-avgust kuni 2020/21-yilgi mavsumda VAR tizimidan foydalanish va zaxira almashtirishlar soni bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Premyer Liga yangi mavsumida uchta zaxira almashtirish tizimiga qaytiladi. Shu bilan birga zaxira o‘rindig‘idagi futbolchilar soni yetti nafardan oshmasligi kerak.

BBC Sport xabariga ko‘ra, ko‘plab klublar beshta zaxira almashtirish qoidasi katta jamoalar uchun foydali deb hisoblagan va bu qoidaning 2020/21-yilgi mavsumda amalda bo‘lishiga qarshi ovoz bergan.

Shuningdek, yig‘ilishda kelasi mavsumda VAR tizimidan FIFA protokoli asosida foydalanish bir ovozdan ma’qullangan.

Avvalroq FIFA va IFAB koronavirus pandemiyasi sabab joriy etilgan beshta zaxira qoidasini 2020/21-yilgi mavsumga qadar uzaytirgandi. Shu bilan birga tashkilot ushbu qoidalarni joriy qilish masalasini milliy ligalar ixtiyorida qoldirgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-08-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют