» » O‘zbekiston terma jamoasi Temur Kapadze qo‘l ostidagi O‘zbekiston U-19 ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston terma jamoasi Temur Kapadze qo‘l ostidagi O‘zbekiston U-19 ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 6-avgust, payshanba kuni O‘zbekiston yoshlar terma jamoasiga qarshi nazorati bahsida ishtirok etdi.

Uchrashuvning dastlabki qismida Temur Kapadze shogirdlari faol harakat qildi va ikkita to‘p kiritishga erishdi. 10-daqiqada Ulug‘bek Hoshimov hisobni ochgan bo‘lsa, 22-daqiqada Ruslan Ro‘ziyev penaltini aniq bajarib, jamoasining ikkinchi golini urdi. Bunga milliy terma jamoa birinchi bo‘limda Bobur Abduxoliqovning goli bilan javob qaytardi.

Ikkinchi bo‘limda Vadim Abramov jamoasi yana ikkita to‘p kiritgan holda vaziyatni o‘nglashga erishdi. 63-daqiqada Temurxo‘ja Abduxoliqov 11 metrlik jarima zarbasini aniq amalga oshirdi. 77-daqiqada Aziz Turg‘unboyev yakuniy hisobni o‘rnatdi — 3:2.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida yig‘in o‘tkazmoqda. Yig‘in mazkur o‘yin singari koronavirus sabab yopiq tarzda o‘tkazilmoqda.

Nazorat uchrashuvi

6-avgust, payshanba

Gollar: 0:1 – 10 Ulug‘bek Hoshimov, 0:2 – 22, penalti Ruslan Ro‘ziyev, 1:2 – 27 Bobur Abduxoliqov, 2:2 – 63, penalti Temurxo‘ja Abduxoliqov, 3:2 – 77, penalti Aziz Turg‘unboyev.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-08-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют