» » Rossiyada qolib ketgan qariyb 2000 nafar o‘zbekistonlik poyezdda olib kelinadi

Rossiyada qolib ketgan qariyb 2000 nafar o‘zbekistonlik poyezdda olib kelinadi


O‘zbekistonning qariyb 2000 nafar fuqarosi yaqin 24 soat ichida “O‘zbekiston temiryo‘llari”ning ikkita poyezdi bilan Rossiyani tark etadi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz” hukumatdagi manbalariga tayanib.

Poyezdlardan biri Orenburg viloyatidagi Buzuluk stansiyasidan jo‘naydi. Unga yo‘lovchilarni joylash Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlangan. Ushbu poyezd 6-avgust kuni tunda yo‘lga chiqib, 8-avgust kuni Toshkentga yetib borishi kutilmoqda.

Ikkinchi poyezd esa ayni paytda Qozog‘iston hududini kesib o‘tmoqda va tez orada Qozog‘iston—Rossiya chegarasiga yetib boradi. Poyezd Samara viloyatidagi Kinel stansiyasidan yo‘lovchilarni olib, 7-avgust kuni kechqurun O‘zbekistonga qaytib keladi. Poyezd Toshkentga 9-avgust kuni kechasi kirib keladi.

Qayd etilishicha, har ikkala poyezdga 918 kishi joylashtiriladi (jami 1816 kishi). 800 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan yana bir poyezd yaqin 24 soat ichida Rostov-Dondan O‘zbekistonga yo‘l oladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston fuqarolari Qozog‘istonning koronavirus pandemiyasi tufayli davlat chegaralarini yopgani oqibatida vatanga qayta olmagan. Avvalroq Rossiyaning Samara viloyatida qolib ketgan qariyb 500 nafar o‘zbekistonlik ortga qaytish uchun Qozog‘iston chegarasini kesib o‘tishga uringani to‘g‘risida xabar berilgandi. Keyinroq Orenburg viloyati rasmiylari O‘zbekiston fuqarolari 6-avgust kuni chegarani kesib o‘tishlari mumkinligi to‘g‘risida ma’lum qilgan.

Iyul o‘rtalarida chegara yaqinidagi chodirlarda minglab o‘zbekistonliklarning qolib ketgani haqida xabarlar berilgandi. Ular ham poyezd orqali vatanga qaytarilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-08-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 20) ( 0) ( 20) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют