» » 2019/20-yilgi mavsum yakunlari bo‘yicha Yevropa top-5 ligalari ramziy terma jamoasi e’lon qilindi

2019/20-yilgi mavsum yakunlari bo‘yicha Yevropa top-5 ligalari ramziy terma jamoasi e’lon qilindi


WhoScored tahliliy portali Yevropa top-5 chempionatlari futbolchilaridan iborat 2019/20-yilgi mavsum ramziy terma jamoasini e’lon qildi.

Mavsum ramziy terma jamoasidan koronavirus sabab muddatidan avval yakunlangan Fransiya chempionati futbolchilari o‘rin olmadi.

Ramziy terma jamoa futbolchilarning mavsum davomida to‘plagan reyting ochkolaridan kelib chiqib shakllantirildi. Eng yuqori o‘rtacha ball “Barselona” hujumchisi Lionel Messida kuzatildi — 8,71. Shuningdek, Messi so‘nggi 11 mavsum ichida to‘qqizinchi marta WhoScored mavsum ramziy terma jamoasidan joy oldi.

WhoScored talqiniga ko‘ra 2019/20-yilgi mavsum ramziy terma jamoasi bilan tanishing:

Darvozabon: Yesse Yoronen (“Breshiya”, Italiya);

Himoyachilar: Rikardu Pereyra (“Lester”, Angliya), Virjil van Deyk (“Liverpul”, Angliya), Jeyms Tarkovski (“Byornli”, Angliya), Alfonso Devis (“Bavariya”, Germaniya);

Yarim himoyachilar: Lionel Messi (“Barselona”, Ispaniya), Jeydon Sancho (“Borussiya” Dortmund, Germaniya), Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”, Angliya), Krishtianu Ronaldu (“Yuventus”, Italiya);

Hujumchilar: Robert Levandovski (“Bavariya”, Germaniya), Timo Verner (“Leypsig”, Germaniya).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-08-2020, 22:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 63) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют