» » O‘zbekistonlik traktorchi o‘zini shifokor qilib ko‘rsatib, 500 ming dollarga teng mablag‘ ishlab topdi

O‘zbekistonlik traktorchi o‘zini shifokor qilib ko‘rsatib, 500 ming dollarga teng mablag‘ ishlab topdi


O‘zbekistondagi qishloqlaridan birida istiqomat qiluvchi Qahramon Po‘latov shifokor sertifikatini qalbakilashtirib, bir yil davomida shifokor bo‘lib ishlab kelgani ma’lum bo‘ldi.

Shu davr ichida u yarim million dollarga teng mablag‘ ishlab topdi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi gazetasiga tayangan holda “RIA Novosti” yozmoqda.

Aytilishicha, Po‘latov Butunjahon psixologlari, shifokorlari va xalq tabobati uyushmasi a’zosining soxta sertifikatini qo‘lga kiritgan. O‘sha vaqtda u Buxoro viloyatida traktorchi bo‘lib ishlagan.

Sertifikatni qo‘lga kiritgach, traktorchi qarindoshlari bilan birgalikda tibbiy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha xususiy tashkilot tuzgan. Shifokor sifatida faoliyat yuritgan bir yili davomida Po‘latov 1,8 milliard so‘m ishlab topgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro viloyati sudi qaroriga ko‘ra, Qahramon Po‘latov eng kam oylik ish haqining 150 baravari miqdorida jarima to‘lashi kerak bo‘ladi. Shuningdek, u sakkiz yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-04-2017, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют