» » Andijonda deyarli 1 kilogramm gashishni qariyb 15 ming dollarga pullayotgan shaxs qo‘lga tushdi

Andijonda deyarli 1 kilogramm gashishni qariyb 15 ming dollarga pullayotgan shaxs qo‘lga tushdi


Tergov departamenti Andijon viloyati Jalaquduq tumanidan narkodilerning hibsga olinganini xabar qildi.

Xabarga ko‘ra, 2020-yil 4-avgust kuni soat 12:45 da Jalaquduq tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda 31 yoshli I.A. ismli fuqaro qo‘lga tushgan. U tumandagi “Dostonobod” MFY hududida 1 dona selofan paketga solib qadoqlangan sof og‘irligi 937,62 gramm bo‘lgan gashish giyohvandlik moddasini 5 ming AQSh dollari va 100 million so‘m evaziga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Tezkor tadbir davomida I.A.dan kimyoviy ishlov berilgan 5 ming AQSh dollari va 100 million so‘m miqdoridagi pullar xolislar ishtirokida tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Holat yuzasidan Jalaquduq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (Giyovandlik vositalarini ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. I.A. gumon qilinuvchi tariqasida ishga jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.

2020-yil may oyida Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida uyida 840 gramm marixuana giyohvand moddasini saqlab kelgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani xabar qilingan.

Shuningdek, 30-iyulda Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanida tug‘ilgan O.Q. mazkur tumanning “Oltinsoy” mahallasidan o‘tgan chegara simto‘siqlari ustidan qirg‘izistonlik shaxslar o‘tkazib bergan 978 gramm gashish moddasini qabul qilib olib, harakatlanayotgan vaqtida ushlangani, 31-iyulda Toshkent shahri, Farg‘ona, Namangan va Samarqand viloyatlarida yashovchi 18 nafar shaxsdan iborat uyushgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yilgani haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-08-2020, 08:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют