» » Zinedin Zidan Garet Beylning nima sababdan “Manchester Siti”ga qarshi o‘ynamasligini ma’lum qildi

Zinedin Zidan Garet Beylning nima sababdan “Manchester Siti”ga qarshi o‘ynamasligini ma’lum qildi


“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan nima sababdan hujumchi Garet Beylni “Manchester Siti”ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritmaganini ma’lum qildi.

Avvalroq Garet Beyl “Real”ning “Manchester Siti”ga qarshi o‘yin uchun e’lon qilgan kengaytirilgan tarkibidan o‘rin olmagandi.

— Beylning qaydnomaga kiritilmaganiga nima sabab bo‘ldi?

— Hozirgacha ko‘plab gaplar aytildi. O‘rtamizda murabbiy va o‘yinchi sifatida o‘zaro hurmat bor. Shaxsiy suhbat bo‘ldi, biroq men sizga shuni aytishim mumkin, u o‘ynamaslikni ma’qul ko‘rdi, qolgani — o‘rtamizdagi gaplar.

— Beylning yo‘qligi shaxsiy sabablar tufaylimi?

— Ha, ammo bu haqda boshqa hech narsa deyishni xohlamayman, chunki bu ikkimiz o‘rtamizdagi shaxsiy masala.

— Beyldan ko‘nglingiz qoldimi?

— Yo‘q, undan ko‘nglim qolmagan va sizga boshqa hech narsa demayman. Bu Garet haqidagi uchinchi savol. Men uni va barchani hurmat qilaman. Bunday gaplar kiyinish xonasida qolishi kerak.

— Zidan murabbiyligidagi “Real”da Garetning kelajagi bormi?

— Bilmayman, u “Real” o‘yinchisi, hech narsa o‘zgarmaydi va men buni hurmat qilaman. U o‘ynamaslikni ma’qul ko‘rdi va bu sizga aytishim mumkin bo‘lgan yagona narsa. Biz bor e’tiborni “Manchester Siti”ga qarshi o‘yinga qaratganmiz, — deydi Zidan.

“Manchester Siti” va “Real” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin Toshkent vaqti bilan 7-avgustdan 8-avgustga o‘tar kechasi 00:00 da boshlanadi. Eslatib o‘tamiz, mazkur jamoalarning Madriddagi o‘yinida “Manchester Siti” 2:1 hisobida g‘alaba qozongan.

Zinedin Zidanning “Real” safida urgan qoyilmaqom 20 ta golini tomosha qiling (video)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-08-2020, 09:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 49) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют