» » Foto: Turk aktrisalari plastik operatsiyadan avval va keyin

Foto: Turk aktrisalari plastik operatsiyadan avval va keyin


Yulduzlarning uzun sochi, ohu ko‘zi, bejirim labi – barchasi mukammal ko‘rinsa-da, aslida hammasi ham tabiat bergan go‘zallik bo‘lavermaydi. Dunyoga mashhur turk aktrisalari orasidan plastik operatsiyaga murojaat qilib, chiroyiga sun’iy chiroy qo‘shganlar ham topiladi. Ayniqsa, ularning jarrohlik amaliyotidan avval va keyin qanday bo‘lganini taqqoslash juda qiziq.

Demet O‘zdemir, 28 yosh

“Tong qushi” serialida bosh qahramonni ijro etgan aktrisa partnyori Jan Yaman bilan suratga olish jarayonida uchrashgan. Mish-mishlarga ko‘ra, ular eski munosabatni qayta tiklagan, ammo buni barchadan yashirishmoqda.

Birje Akalay, 36 yosh

Birje nafaqat mashhur aktrisa, balki modellik bilan ham shug‘ullanadi. Hatto 2004-yil “Miss Turkiya” unvoniga sazovor bo‘lgan. Uning eng taniqli obrazi “Qora-oq sevgi” serialidagi Asli Chinar.

Foto: “Turkeyforfriends.com”

Faxriye Evjan, 34 yosh

Mashhur aktyor Burak O‘zchivitning turmush o‘rtog‘i. “Choli qushi” serialida bosh rollarni ijro etgan juftlik tanishishni aynan suratga olish jarayonida boshlagan. Shundan buyon ularning munosabati davom etib kelyapti va hozirda Karan ismli farzandi bor. Afsuski, kelishgan turmush o‘rtog‘ining sevgisi ham Faxriyani jarrohlik amaliyotiga murojaat qilishdan to‘xtata olmadi.

Xande Erchel, 26 yosh

Yosh bo‘lishiga qaramay, jarrohlik amaliyotiga ulgurgan Xande Erchal turk yoshlarining kumiridir. U “Quyoshning qizlari” teleshousidagi Selin Yilmas rolidan keyin mashhurlikka erishdi. O‘shandan buyon u seriallarda faqat bosh qahramon obrazini ijro etadi. Bir so‘z bilan aytganda, yoshi katta turk yulduzlarining o‘rnini egallayotgan aktrisalarda ham o‘sish kuzatilyapti.

Maryam Uzerli, 36 yosh

Xurram Sulton yuzini manipulyatsiya qildirganini hech qachon yashirmaydi. Albatta, ko‘plab muxlislar sevimli aktrisasining bu ishidan norozi, ammo bu Maryamni tashvishga solmadi. Aktrisa o‘zining yangi qiyofasidan chinakamiga xursand va bu yana takrorlashi ham mumkin.

Mine Tugay, 41 yosh

Aktrisa kino va seriallarda o‘nlab ajoyib rollarni ijro etgan. Shuningdek, u bir qancha mukofotlarga ham ega. Ammo muvaffaqiyatlarga qaramay, aktrisa doimo yosh ko‘rinishni istaydi. Shu sababli ham u yoshlikdagi go‘zallikni qaytarish uchun jarrohlik amaliyotini o‘tkazishga qaror qildi. Natijaga esa siz baho berasiz.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-08-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют