» » Zinedin Zidan “Manchester Siti”ga qarshi o‘yin haqida: “Real” noqulay holatda, bu klub uchun final o‘yini bo‘ladi

Zinedin Zidan “Manchester Siti”ga qarshi o‘yin haqida: “Real” noqulay holatda, bu klub uchun final o‘yini bo‘ladi


Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan “Manchester Siti”ga qarshi javob o‘yinidan oldin fikrlari bilan bo‘lishdi.

Jamoada hammasi joyida, boisi biz aynan ushbu bellashuvga tayyorgarlik olib bordik. Biz noqulay holatda ekanligimizni bilib turibmiz. Ammo buning ham bitta final bahsi ekanligini unutmaslik kerak. Shunday ekan biz yaxshi o‘yin o‘tkazishga harakat qilamiz. Oldindan nima bo‘lishini bilmayman, ammo ikki jamoa o‘rtasida yaxshi o‘yin bo‘lishini sezib turibman. Birinchi o‘yin natijasidan kelib chiqib holatni qanday ekanligini bilamiz. Agar olg‘a borishni istasak, oldinda to‘rtta final o‘yini borligini unutmaslik kerak.

Zinedin Zidan, “Real” bosh murabbiyi

Eslatib o‘tamiz, ilk bellashuvda “Manchester Siti” safarda “Real”ni 2:1 hisobida mag‘lub etgan. Javob o‘yini esa Toshkent vaqti bilan 7-avgustdan 8-avgustga o‘tar kechasi soat 00:00 da boshlanadi.

Zinedin Zidanning “Real” safida urgan qoyilmaqom 20 ta golini tomosha qiling (video)

Mavzuga doir: 

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-08-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют