» » Zarafshonda taksi va sartaroshxonalar faoliyatiga ruxsat berildi

Zarafshonda taksi va sartaroshxonalar faoliyatiga ruxsat berildi


Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida yo‘nalishsiz taksilar, sartaroshxona va go‘zallik salonlari faoliyatiga ma’lum talablar asosida ruxsat berildi. Zarafshon hokimligi axborotiga ko‘ra, bu haqda shahar muvofiqlashtiruvchi shtabining 5-avgustdagi yig‘ilishida qaror qabul qilingan.

Belgilangan talablarga ko‘ra, taksilar yo‘lovchi tashish uchun avtotransport salonida haydovchi o‘rindig‘i yo‘lovchilar o‘rindig‘idan shaffof plastik yoki plyonka bilan to‘silgan bo‘lishi, haydovchi va yo‘lovchi tibbiy niqobda bo‘lishi (tibbiy niqobsiz yo‘lovchini tashish taqiqlanadi), yo‘lovchilar avtotransport saloni orqa o‘rindig‘iga o‘tkazilishi hamda faqat shahar hududida harakatlanishi lozim.

Sartaroshxona va go‘zallik salonlari — xizmat ko‘rsatuvchi shaxslar tomonidan shaxsiy himoya vositalari — tibbiy xalat yoki kombinezon, tibbiy niqob (N95 yoki ustma-ust ikkita oddiy niqob), yuzni to‘liq to‘sadigan himoya maskasi va tibbiy qo‘lqopdan foydalangan holda “bir xizmat ko‘rsatuvchi shaxs — bir mijoz” tamoyili asosida, ijtimoiy masofani saqlagan holda ishlashi kerak.

O‘zbekistonda 15-avgustga qadar kuchaytirilgan karantin tartibi amal qilmoqda, jumladan, ushbu tartib doirasida 8—9-avgust (shanba va yakshanba) kunlari stikersiz transport vositalarining harakati kun davomida taqiqlangan, aholiga ko‘chaga chiqmay, uyda o‘zini o‘zi izolyatsiya qilish tavsiya qilingan.

Shu bilan birga, ayrim hududlarda, epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, karantin choralari bosqichma-bosqich yumshatib borilmoqda. Xususan, avvalroq Qarshi shahrida sartaroshxona va go‘zallik salonlari faoliyatiga ruxsat berilgan edi. Keyinroq Farg‘ona va Andijonda ham bozorlar, go‘zallik salonlari va sartaroshxonalarga ruxsat berilgani ma’lum bo‘ldi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-08-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют