» » Dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 19 milliondan oshdi

Dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 19 milliondan oshdi


Dunyo bo‘yicha koronavirus infeksiyasi aniqlanganlar soni 19 milliondan oshdi, 713 mingdan ortiq odam esa vafot etdi. Bu haqda Jons Hopkins universiteti ma’lum qildi.

Ayni vaqtda kasallanganlarning umumiy soni 19 021 922 kishini tashkil etmoqda.

Dunyo bo‘ylab 713 813 bemor ushbu kasallik oqibatlaridan vafot etgan. Eng ko‘p o‘lim holatlari AQSh (162 804), Braziliya (98 644) va Meksikada (50 517) qayd etilgan.

Koronavirus tashxisi qo‘yilganlar soni bo‘yicha AQSh birinchi o‘rinda bo‘lib, deyarli 5 millionta holat qayd etilgan. Keyingi o‘rinlarni Braziliya (2 912 212) va Hindiston (2 027 074) egallagan.

Dunyodagi koronavirusga chalinganlar soni 3-avgust kuni 18 millionga yetgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-08-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 88) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют