» » “Real” vakillari Garet Beylni Xitoy klubiga sotib yubormay xato qilganligini tan oldi

“Real” vakillari Garet Beylni Xitoy klubiga sotib yubormay xato qilganligini tan oldi


“Real” vakillari 2019-yil yozida Garet Beylning Xitoy klubiga sotib yuborilmaganini xato deb hisoblashi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda The Telegraph xabar berdi.

“Ushbu kelishuvga rozilik bermay xato qildik. Ammo hech kim koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyatni oldindan aytib bera olmasdi. Biz Beylning klubda yana ikki yilni o‘tkazishini kutyapmiz”, — deydi “Real”dagi nomi oshkor etilmagan manba.

Ma’lumot uchun, 2019-yil yozida uelslik futbolchiga Xitoyning “Szyansu Sunin” klubi 3 yillik bitim taklif etgan. Klub unga yiliga 22 million yevro maosh berishga tayyorligini ma’lum qilgandi. Ammo “Real” ushbu transfer amalga oshishiga ruxsat bermagandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq madridliklar ustozi Zinedin Zidan Garet Beylning “Manchester Siti”ga qarshi Chempionlar Ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan javob uchrashuvida qatnashmasligi ma’lum qilgandi.

Zinedin Zidanning “Real” safida urgan qoyilmaqom 20 ta golini tomosha qiling (video)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-08-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют