» » Toshkentda koronavirusga chalingan 39 yoshli erkak vafot etdi

Toshkentda koronavirusga chalingan 39 yoshli erkak vafot etdi


Toshkentda koronavirusga chalingan 39 yoshli erkak vafot etdi, deya 7-avgust kuni xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi. Marhumda kasallik aynan qachon aniqlangani, u qaysi shifoxonaga yotqizilgani va aynan qaysi sanada vafot etganiga aniqlik kiritilmagan.

“Olmazor tumanida yashagan 39 yoshli B.S. (erkak) hamda Uchtepa tumanida yashagan 68 yoshli L.K. (ayol), jami ikki nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi”, — deyiladi SSVning 7-avgust kuni soat 10:00 da berilgan axborotida. Qo‘shimcha tafsilotlar berilmagan.

Shunday qilib, SSV hozirgacha O‘zbekistonda 179 kishining koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etgani e’lon qildi. Bundan tashqari, O‘zbekistonda rasman yana sakkiz kishining koronavirusdan vafot etgani ma’lum qilingan, biroq ushbu holatlar yuzasidan SSV hali ham axborot bermadi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 6-avgust kuni 742 kishida koronavirus aniqlandi. Olti nafar bemor vafot etdi

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda hozirgacha 28 809 kishida koronavirus aniqlangan, shundan 19 587 nafari sog‘aygan. 7-avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra rasman 9 043 kishi koronavirusdan davolanmoqda, shundan 728 nafari og‘ir, 217 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-08-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют