» » Bill Geyts koronavirusdan ham battarroq global fojia haqida ogohlantirdi

Bill Geyts koronavirusdan ham battarroq global fojia haqida ogohlantirdi


Kelajakda dunyo global inqirozga duch kelishi mumkin, uning oqibatlari koronavirus pandemiyasidan ham yomonroq bo‘ladi. Bu haqda Microsoft asoschisi Bill Geyts ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “RBK”.

Uning ta’kidlashicha, dunyoni global inqiroz larzaga keltirdi, bu fojiali miqdorda o‘limga olib keldi. Odamlar o‘z uylarini tark etishga qo‘rqib qoldi va oldingi avlod duch kelmagan iqtisodiy qiyinchiliklarni keltirib chiqardi.

“U butun dunyoga ta’sir ko‘rsatishda davom etmoqda. Shubhasiz, men COVID-19 pandemiyasi haqida gapiryapman. Ammo bir necha o‘n yillar ichida xuddi shu ta’rif boshqa global inqirozga — iqlim o‘zgarishiga mos keladi. Ushbu pandemiya qanchalik dahshatli bo‘lsa, iqlim o‘zgarishi bundan ham battarroq bo‘lishi mumkin”, – deydi Geyts.

Yil boshidan boshlab internetda Geyts koronavirusni yaratishda ishtirok etgan va inqiroz boshlanishidan foyda olish niyatida bo‘lgan fitna nazariyalari internetda tarqala boshladi. Xususan, nazariya mualliflari va ularni tarqatuvchilar, Microsoft asoschisi vaksina ostida odamlarga mikrochiplarni implantatsiya qilishni xohlayotganiga ishonishadi. Tasdiq sifatida ular Geytsning 2015-yildagi virus dunyoga katta xavf solishi haqidagi nutqiga ishora qildi.

Mavzuga doir: Buyuk Britaniyada fitna nazariyasi tarafdorlari koronavirusdan saqlanish uchun mobil aloqa minoralariga hujum qildi

Geyts bunday fitna nazariyalarini rad etdi va bunday mish-mishlarni rad etish qiyinligini ta’kidladi. Uning aytishicha, bunga raddiya berishning o‘zi ahmoqona narsa.

Shuningdek, u bunday fitna nazariyalari kasallik bilan bog‘liq vaziyatni yomonlashtirishi mumkinligini ta’kidladi. Bunday fitna nazariyalariga ishongan odamlar vaksinatsiya jarayoniga ishonmaydilar va preparatni qabul qilishdan bosh tortadilar.

“Chunki odamlar ko‘p narsadan bexabar va nima bo‘layotganini oddiygina qilib tushunishni istaydi”, – dedi Microsoft asoschisi.

Geyts atrof-muhitga oid qarashlari va global isish xavfi haqidagi bayonotlari bilan mashhur. U boyligining katta qismini turli xil ekologik maqsadlarga sarflaydi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-08-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют