» » Xiaomi yechiluvchi displeyga ega smartfon yaratadi

Xiaomi yechiluvchi displeyga ega smartfon yaratadi


Xiaomi qachonlardir smartfonlarning modul dizayni g‘oyasiga bo‘lgan qiziqishni qaytadan paydo qilish niyatida. Kompaniya yechiladigan ekranga ega qurilmani ishlatishni o‘z ichiga olgan yangi texnologiyani patentladi, deb xabar beradi LetsGoDigital.

Hujjatlarda qurilma “ikkita qismdan iborat telefon” deya izohlangan. Tasvirlarga ko‘ra, konstruksiya yechiluvchan displey funksiyasini taqdim etadi.

Displeysiz smartfonlar sxemasida ikkitalik frontal kamerani ko‘rish mumkin. Yig‘ilgan holatda qurilma oddiy devaysdan hech qanday farq qilmaydi. Ekran korpus bilan ikkita konnektor yordamida birlashadi, biroq ushbu mexanizmning ishlash tartibi haqida hech narsa deyilmagan.

Bu kabi konstruksiyaning o‘ziga yarasha foydali tomonlari ham bo‘lishi mumkin. Masalan, qurilma displeyi buzilib qolganida, uni samartfon egasining o‘zi ham maxsus anjomlarsiz almashtira oladi. Bundan tashqari, korpusdan ekran ajralgan bo‘lsa ham ishlashni davom etadi, bu foto va videosuratga olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Xiaomi bunga qadar ham bir qator g‘ayrioddiy smartfonlarining konseptini taqdim etgan. Xususan, avvalroq aylanuvchi kameraga ega smartfon ustida ish boshlagani, shuningdek, o‘z korpusi atrofida deyarli to‘liq “aylanuvchi” smartfon yaratayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Internetda Xiaomi Mi Mix 2020 flagmanining suratlari paydo bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-08-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют