» » UzAuto Motors deputat Kusherbayevning fikrlarini populizm va haqiqatni buzib korsatish deb atadi

UzAuto Motors deputat Kusherbayevning fikrlarini populizm va haqiqatni buzib korsatish deb atadi


UzAuto Motors kompaniyasi Monopoliyaga qarshi kurashish qomitasining kompaniya tomonidan Raqobat togrisidagi qonun talablariga rioya etilishi yuzasidan tekshiruvi haqidagi deputat Rasul Kusherbayevning oz Telegram-kanalida bergan xabarlariga izoh berdi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qomitasi 29-iyuldagi xabarida qonunbuzarlik belgilarini aniqlaganligi va tegishli tartibda UzAuto Motorsga nisbatan ish qozgaganligini elon qilgan edi.

UzAuto Motorsning qayd etishicha, bu tekshiruvlarga aslida deputatlik sorovlari turtki bolmagan tekshiruv bir necha oydan beri olib borilmoqda, Monopoliyaga qarshi kurashish qomitasi 29-iyul kuni narxni shakllantirish masalasini chuqurroq organishga qaror qilgan, xuddi shu kuni deputatlar guruhidan sorov kelib tushgan.

Afsuski, liberal-demokratik partiya azosining bu boradagi fikri ozgacha ekan u tomondan nafaqat populistik fikr-mulohazalar, balki Monopoliyaga qarshi kurashish qomitasi tezislarining ochiq-oydin buzilgan talqini navbatdagi axborot porsiyasi olaroq 5-avgustda Telegramda elon qilindi, deyiladi UzAuto Motors bayonotida.

Kompaniyaning malum qilishicha, hozirda Monopoliyaga qarshi kurashish qomitasi ekspertlari tomonidan martdagi narx ozgarishi, butlovchi qismlar narxining uzoq muddatli prognozining aniqligi masalasi organilmoqda va deputat keltirgan malumotlar hali aniqlanmagan, masala hali korib chiqilmoqda.

Qomita mutaxassislari, shuningdek, reklama xarajatlari va kreditlarga xizmat korsatish sarf-xarajatlarining narx shakllanishi jarayoniga kiritilishining asoslanganligini ham tekshirmoqda. Bu yonalishda ham kompaniya muvofiqlashtiruvchi idora bilan hamkorlikda ishlamoqda, ozi ishlab chiqqan va bir qator idoralar tomonidan tasdiqlangan hisob-kitoblar togriligini maqullamoqda. Shubhasiz, bu borada oxirgi xulosani Monopoliyaga qarshi kurashish idorasi aytadi, deyiladi kompaniya bayonotida.

Deputat Rasul Kusherbayev oz chiqishida tekshiruv UzAuto Motorsning maxsus aksiyalari orqali avtomobillarni muddatli tolov asosida sotish faqat kompaniya muassisligidagi Autosanoat Invest kompaniyasi orqali amalga oshirilgani, boshqa dilerlar bevosita bunday aksiya otkazish huquqiga ega bolmaganini korsatganini takidlagan edi. Ushbu fikrlar UzAuto Motors tomonidan inkor etilgan.

UzAuto Motors kompaniyasi Autosanoat Investning muassisi emas va hech qachon bunday bolmagan ham bu kompaniya 100 foiz Ozavtosanoatga tegishli. Bundan tashqari, UzAuto Motors amalda hech qanday aksiya uyushtirmaydi u faqat avtomobillar ishlab chiqaradi, ularni keyin dilerlar oz avtosalonlarida sotadi. Dilerlar, oz navbatida, qonunchilik doirasida va oz tasavvurlaridan kelib chiqib, istalgan aksiyani otkazishi mumkin, deyiladi UzAuto Motors bayonotida.

Keyingi ikki yilda kompaniya oz faoliyatini ochiqlik va istemolchi bilan hurmat asosidagi muloqot asosida qurmoqda. Agar kompaniya qayerdadir nohaq bolsa, oz xatosi ustida ishlashga tayyor. Lekin tegishli xulosani biz bunga vakolatli davlat idorasidan olishni kutamiz, deya xulosa qilingan UzAuto Motors bayonotida.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (7-08-2020, 14:41)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
:
-
:
20 ... -