» » “Real” hujumchisi Mariano Dias koronavirusdan sog‘aydi

“Real” hujumchisi Mariano Dias koronavirusdan sog‘aydi


Madridning “Real” klubi hujumchisi Mariano Diasning koronavirus uchun topshirgan test natijasi manfiy chiqdi.

Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, 27 yoshli dominikanlik futbolchi COVID-19’dan butkul sog‘aygan.

Avvalroq Diasning koronavirusga chalingani va o‘zini-o‘zi yakkalash holatiga olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, Mariano Dias 2019/20-yilgi mavsum “Real” safida 7 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol muallifiga aylangan.

Eslatib o‘tamiz, Madrid klubi 7-avgust kuni Chempionlar ligasi 1/8 finalining javob uchrashuvida “Manchester Siti” maydoniga safar qiladi. Mazkur bahsda Dias jamoasiga yordam bera olmaydi.

Zinedin Zidanning “Real” safida urgan qoyilmaqom 20 ta golini tomosha qiling (video)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-08-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют