» » “O‘zbekistonda karantin choralari bosqichma-bosqich bekor qilinadi” — Tanzila Norboyeva

“O‘zbekistonda karantin choralari bosqichma-bosqich bekor qilinadi” — Tanzila Norboyeva


O‘zbekistonda karantin choralari bosqichma-bosqich bekor qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston Senatining 7-avgust kuni ochilgan oltinchi yalpi majlisida parlament yuqori palatasi raisi Tanzila Norboyeva ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “hozirgi qiyinchiliklar, albatta, o‘tadi, pandemiya ham barham topadi, biroq kelgusida bu kabi sinovlar bo‘lmaydi, deb hech kim kafolat bera olmaydi”.

“Endilikda karantin choralari bosqichma-bosqich bekor qilinadi. Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi to‘g‘risidagi keng targ‘ibot ishlarini kuchaytirishimiz, kasallikka chalinganlarni ishlab chiqilgan protokollar asosida davolash bilan birga normal hayotga qaytarishimiz, ya’ni iqtisodiyotimizni rivojlantirishimiz zarur”, — dedi senat raisi.

Senat rahbari bunday sharoitda qonunlarni takomillashtirish birinchi galdagi vazifalardan biri bo‘lishini ma’lum qildi.

Shuning uchun Tanzila Norboyeva Senat qoshida koronavirus pandemiyasi davrida yuzaga kelgan muammolardan kelib chiqqan holda amaldagi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha ishchi guruh tuzilganligini aytib o‘tdi. Ishchi guruh senatorlar, vazirliklar va idoralar vakillari, ekspertlar va olimlardan tashkil topib, tahlillarni o‘tkazadi va tegishli takliflarni ishlab chiqadi.

Oldinroq Prezident Shavkat Mirziyoyev “qanchalik ko‘p karantinda ushlasak, biz odamlarni shunchalik ko‘p qiynaymiz” deya ta’kidlagan edi. Davlat rahbari koronavirus bemorlarining barchalarini qamrab oladigan davolash tizimini tez orada yo‘lga qo‘yishni buyurgan edi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston Senatining oltinchi yalpi majlisi videokonferensaloqa shaklida o‘z ishini boshladi. Unda 16 ta masala ko‘rib chiqiladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-08-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют