» » Xavyer Mendes: Habib Nurmagomedov otasining orzusini amalga oshirishi kerak

Xavyer Mendes: Habib Nurmagomedov otasining orzusini amalga oshirishi kerak


UFC’ning yengil vazn toifasidagi chempioni Habib Nurmagomedovning murabbiyi Xavyer Mendes shogirdining Jorj Sen-Pyerga qarshi jang o‘tkazib, MMA’dagi 30-g‘alabasini qo‘lga kiritishini xohlamoqda. Hozir rossiyalik sportchining hisobida 28 jang va 28 ta g‘alaba bor.

“Habib otasi undan nimani xohlasa, shuni qilardi. Endi esa u yo‘q. U otasi orzu qilganidek, o‘chmas iz qoldirish haqida o‘ylashi kerak.

30-0 ko‘p marta muhokama qilingan. Sen-Pyerga qarshi kurash aynan 30-jang bo‘ladi. Agar bu jang tashkil qilinsa, men ushbu jangda 30-0 ni ko‘rishni istayman, Habib bunga tayyor”, — deydi Xavyer Mendes.

Qayd etish joiz, Habib Nurmagomedov avvalroq Jastin Getjidan so‘ng aynan Jorj Sen-Pyer bilan jang qilmoqchiligini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Jorj Sen-Pyer 2019-yilning fevral oyida rasmiy ravishda MMA’dagi faoliyatini yakunlagan. Sen-Pyer umumiy hisobda 28 ta jang o‘tkazib, shulardan 26 tasida g‘alaba (8 ta nokaut) qozongan, 2 tasida esa imkoniyatni boy berib qo‘ygan.

Habib Nurmagomedovning raqibini 1-raunddayoq nokautga uchratgan jangini tomosha qiling (video)

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-08-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют