» » O‘zbekistonda OTMlarga kirish imtihonlari 2-sentabrdan boshlanadi

O‘zbekistonda OTMlarga kirish imtihonlari 2-sentabrdan boshlanadi


O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari sentabr oyining boshida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu haqda AOKA zalida bo‘lib o‘tayotgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

“Avgust oyida barcha binolar va stadionlarni jihozlashni amalga oshiramiz, sentabr oyi boshida test sinovlarini o‘tkazish rejalashtirilgan”, — dedi Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i Barno Rajabov.

DTM direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov imtihonlar bo‘ladigan kunlarga aniqlik kiritdi.

“Test sinovlari 2-sentabrdan boshlanadi. 14 kun davom etadi”, — dedi DTM direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov .

“Stadionlarda kuzatuv kameralari albatta bo‘ladi. Har bir abituriyent va kuzatuvchilarning har bir xatti-harakati suratga olinadi va televideniye orqali berib boriladi.

Ichkaridagi holatga Davlat test markazi, imtihon topshiriladigan obyekt hududiga kirish jarayoni uchun huquqni muhofaza qilish organlari javob beradi”, — dedi Barno Rajabov.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 6-avgust kuni 2020-yilda oliy ta’lim muassasalariga qabulni tashkil qilish va 2020/2021-o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazgan edi.  Unda yopiq binolar epidemiologik talabga javob bermasligi, ijtimoiy masofaga rioya qilingan taqdirda imtihonlar vaqti anchaga cho‘zilib ketishini inobatga olib, test sinovlarini Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar markazlaridagi stadionlarda tashkil etish yuzasidan topshiriq berilgan.

O‘zbekistonda OTMlarga kirish imtihonlarini 25-iyuldan 20-avgustgacha o‘tkazish rejalashtirilayotgandi. Biroq mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq vaziyatning keskinlashayotgani sababli 10-iyuldan 1-avgustgacha mamlakatda qat’iy karantin choralari joriy qilindi va keyinchalik karantin 15-avgustga qadar uzaytirildi. 22-iyulda AOKAda o‘tgan brifingda Davlat test markazi bosh boshqarma boshlig‘i Barno Rajabov imtihon cheklovlar 1-sentabrgacha davom etsa, sentabr oyida o‘tkazilishi mumkinligini aytgandi. Shuningdek, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi 2020/2021-o‘quv yili qabuli uchun magistraturaga hujjat topshirgan va muayyan sabablarga ko‘ra arizasi qabul qilinmagan abituriyentlarga muammoni bartaraf qilish uchun 4-avgustdan 6-avgust soat 11:00 gacha vaqt bergan.

Avval Davlat test markazi O‘zbekistonda pandemiya sharoiti murakkab kechayotganligi, karantin cheklovlari bekor qilinmayotganligi yoki yumshatilmaganligi bois oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarini o‘tkazish muddatlari test topshiruvchilar salomatligiga zarar yetmaydigan vaziyat kelgunga qadar keyinga surilishi va bu haqda jamoatchilik muntazam xabardor qilib borilishini bildirgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-08-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют