» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 29 mingdan, kasallikdan sog‘ayganlar esa 20 mingdan oshdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 29 mingdan, kasallikdan sog‘ayganlar esa 20 mingdan oshdi


O‘zbekistonda 7-avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 248 nafarga ko‘payib, 29 057 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Yangi kasallanish holatlarining barchasi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan:

Shuningdek, 7-avgust kuni 472 kishi koronavirusdan sog‘aydi va kasallikdan tuzalganlarning umumiy soni 20 059 nafarga yetdi.

Kun davomida sog‘ayganlarning

Shu bilan birga, koronavirusga chalingan Toshkent viloyati Qibray tumanida yashagan 69 yoshli S.B. ismli erkak hamda Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida yashagan 71 yoshli N.I. ismli ayol vafot etdi. Ularda kasallik aynan qachon aniqlangani, u qaysi shifoxonaga yotqizilgani va aynan qaysi sanada vafot etganiga aniqlik kiritilmagan.

SSV tomonidan hozirgacha O‘zbekistonda 181 kishi koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etgani e’lon qilindi. Bundan tashqari, O‘zbekistonda rasman yana sakkiz kishining koronavirusdan vafot etgani ma’lum qilingan, biroq ushbu holatlar yuzasidan SSV hali ham axborot bermadi.

“Hozirda mamlakatimizda 8 817 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda”, — deyiladi SSV xabarida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-08-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют