» » Afg‘onistonda IShID va “Tolibon” to‘qnashuvi chog‘ida 90 dan ortiq jangari halok bo‘ldi

Afg‘onistonda IShID va “Tolibon” to‘qnashuvi chog‘ida 90 dan ortiq jangari halok bo‘ldi


Afg‘oniston shimolida IShID va “Tolibon” radikal guruhlarining o‘zaro to‘qnashuvi chog‘ida 91 jangari halok bo‘ldi. Bu haqda, Khaama Press’ga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Aytilishicha, “Tolibon” tomonidan 76 jangari, IShID tomonidan esa 15 nafar jangari o‘ldirilgan.

Juzjon viloyati hokimining vakili to‘qnashuvlar 25-aprel kuni Darzob tumanida boshlanganini ta’kidlab o‘tdi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (26-04-2017, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют