» » Denovda ehtiyojmand oilalarga yordam puli tarqatilib, so‘ngra qaytarib olingani haqidagi xabarga tuman hokimligi munosabat bildirdi

Denovda ehtiyojmand oilalarga yordam puli tarqatilib, so‘ngra qaytarib olingani haqidagi xabarga tuman hokimligi munosabat bildirdi


Denov tumani hokimligi 2020-yilning 6-avgust kuni “Kun.uz” saytida e’lon qilingan “Denovda ehtiyojmandlarga pul tarqatilib, qaytarib olindi. Tushunmovchilik qayerdan kelib chiqqan?” sarlavhali material yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Hokimlikning ma’lum qilishicha, 2020-yilning 30-iyul kuni Denov tumanidagi ehtiyojmand va ijtimoiy himoyaga muhtoj 2 124 ta xonadonga 1 milliard 725 million 604 ming so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam puli tarqatilgan. Ushbu xonadonlarda 9 678 nafar fuqaro istiqomat qiladi. Ularning barchasi mahallalarda shakllantirilgan ehtiyojmand, ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj oilalarning shaffof ro‘yxati – “temir daftar”ga kiritilgan xonadonlar hisoblanadi.

“Haqiqatan ham 3-sektor hududidagi ‘Zarafshon’ mahallasida ‘temir daftar’ga kiritilmagan, biroq mahalladagi ehtiyojmand oilalar ro‘yxatida bo‘lgan 9 ta xonadonga ham 500 ming so‘mdan yordam puli tarqatilgan. Mahalla mas’ullari ushbu mablag‘lar ‘temir daftar’ga kiritilgan fuqarolarga tarqatilishi kerakligini bilishganidan so‘ng, 9 ta xonadonga tarqatilgan moddiy yordam puli qaytarib olinib, ehtiyojmand xonadonlarga yetkazib berilgan.

O‘rganish natijasiga ko‘ra, ushbu 9 ta xonadon ijtimoiy himoyaga muhtoj ekanligi inobatga olinib, tuman ‘Saxovat va ko‘mak’ umumxalq harakati doirasidagi mablag‘lar hisobidan har bir oilaga 500 ming so‘mdan bir martalik moddiy yordam puli berildi”, – deyiladi hokimlik xabarida.

Avvalroq Sergelida muhtojlarga pul tarqatilishi masalasi ko‘tarilgani va mas’ullar aholi bilan uchrashgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-08-2020, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют